Ukraina konchilari yer ostida kurash olib bormoqda

Your browser doesn’t support HTML5

Ukraina konchilari olib borayotgan kurash

Ukrainadagi urushning ikkinchi yilida Rossiya qo'shinlari Ukraina hududlari ustidan nazoratni kengaytirishga, yangi shaharlarni ishg'ol qilishga urinmoqda.

Yevropa, ayniqsa, Rossiya nazoratidagi Zaporojye atom stansiyasi taqdiridan tashvishda; ko'plab ukrainlar ham elektr taqchilligi yuzaga kelishidan xovotirda. Ularning og’irini yengil qilish uchun kurashayotganlar orasida konchilarning alohida o’rni bor.

Zaporoje viloyati janubida ikki ukrain tankchisi hujum mashg'ulotlarini o'tayapti. Ayni paytda muhokamada bo'lgan Ukraina armiyasi qarshi hujumlari arafasidagi bu mashg'ulotlar Rossiya qo'shinlari bilan kutilayotgan qaqshatqich janglarga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik, MAGATE, Rossiya va Ukrainadan Zaporojye stansiyasi yaqinida janglar o'tkazmaslikni iltimos qilib keladi. Yevropadagi eng yirik, Ukrainadagi asosiy eneregiyani ishlab chiqaruvchi bu stansiya bir yildan buyon Rossiya nazoratida.

Buni ham ko'ring Putin Ukrainaga borgan, Kiyev jim

Zaporoje ishg'olda qolayotgan sharoitda Ukraina mutlaq elektrsiz qolmasligi uchun yer osti imkoniyatiga zo'r bermoqda. Dnepr viloyatidagi shaxtyorlar oldiga urushgacha qancha ko'mir qazib olingan bo'lsa, bugun ham shuncha ishlab chiqarish vazifasi qo'yilgan.

"Bugun mamlakatning energetik mustaqilligi o'ta muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa Zaporojye atom stansiyasi ishg'oldagi hududda qolayotgani inobatga olinsa. Bugun ko'mir qazib chiqarish avvalo Ukrainaning energetik mustaqilligi demakdir", - deydi yetkchi injener Oleksandr.

Urush yer osti chuqurligida ham bilinadi. Elektr o'chsa, qazish ishlari to'xtaydi. Bu generatorlar ish tizimini, lift xizmatini tashkillashtrishga ijodiy yondoshuvlarni ham talab etadi. Urush ishlab chiqarishga bevosita ham tasir o'tkazgan, korxonaning 650 nafar xodimi frontga, urushga jo'nab ketishgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Ukraina urushi: Maksim Fomin kim edi?

"Biz shaxtadan tashqarida nimalar bo'layotgani haqida o'ylamaslikka harakat qilamiz. Ko'tarinki kayfiyatda ishlab, unutishga urinamiz", - deydi shaxtyor Sergey .

Zaporoje atom stansiyasi olti reaktoridan so'nggisi o'chrilgdanda, sentabrda oxirgi bor enegriya ishlab chiqargan.

MAGATE direktori Rafael Grossiga ko'ra, stansiya berayotgan elektr quvvati bir necha bor uzib qo'yilgan.

Grossi yaqinda yana stansiyada bo'ldi. Uning aytishicha, maqsad xavfsizlikni ta'minlash, ammo u Zaporoje stansiyasi tashqi hujumga, ichki sabotajga uchrashi mumkinligini ehtimoldan soqit qilmaydi.