Kaliforniyalik oila: hammamiz tabiatni himoya qilish bilan shug'ullanamiz

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Kaliforniyaning mo'tadil iqlimi ochiq havoda yurishni rag’batlantiradi va ko'plab aholi uchun shtatning tabiiy muhiti ular uchun eng qimmatli boyliklardan biri.

Kaliforniya shtati Long-Bich shahridagi Tabiatni muhofaza qilish korpusi daraxtlar ekish orqali 1930-yillarda Fuqarolik tabiatni muhofaza qilish korpusi boshlagan an’anani davom ettirmoqda. Dastur yoshlarga ko’nikma berish va tabiatni asrab-avaylashga xizmat qiladi.

Korpus a'zolari va boshqa yosh faollar Janubiy Kaliforniya qirg'og'idagi Kanal orollarini yovvoyi o’tlardan tozalamoqda. Bu shtatdagi ko'plab ekologik loyihalardan biri, deydi Long-Bich tabiatni muhofaza qilish korpusi vakili Den Nep.

“Yosemit milliy bog‘i yoki Katalina orolini oling. Biz «Seal Beach» milliy yovvoyi tabiat qo'riqxonasida ajoyib loyihani amalga oshiryapiz. U yerda yoshlarimiz olimlar bilan yo'qolib ketish xavfi ostida turgan qushlar, boshqa turlar va dengiz toshbaqalarini ro’yxatdan o’tkazmoqda", - deydi u.

Den yoshlar guruhini boshqarayotgan bo'lsa, uning akasi Jon Nep Tabiatni muhofaza qilish milliy guruhida yetakchi olim. Jon Kanal orollaridagi yovvoyi o'simliklarni o’rganadi.

Buni ham ko'ring Bayden tabiat muhofazasi bo'yicha bergan va'dasini bajaryaptimi?

“Ishimning koʻp qismi vertolyotda juda past uchish, hayratlanarli va siz piyoda bora olmaydigan joylarga tushishdan iborat. Qoya chetiga tushib, tizimni o’zgartirib yuborayotgan yovvoyi o’simliklarga e’tibor qaratamiz », - deydi u.

Jonning rafiqasi Denis Nep ham ekologiya tadqiqotchisi. U Santa-Barbara botanika bog'ida tabiatni muhofaza qilish va tadqiqotlar bo'yicha direktor. U turmush o’rtog’i bilan tabiat qo’ynida tanishganini aytadi.

“Ikkinchi uchrashuvimizda tabiat bag’riga chiqdik. Sayr qilishga, plyajga bordik va tabiat bizni bog’lab turgan umumiy qiziqish edi », - deydi u.

Denisning singlisi Jenin Kraus ham tabiatga oshno. U hozir qushlar va ularning yashash joylarini himoya qiluvchi Audubon Kaliforniya kompaniyasining rivojlanish bo'yicha direktori.

“Opam va men ochiq havoda ko'p vaqt o'tkazardik. Onam va dadam buni haqiqatan ham rag'batlantirishgan. Hammasi tabiatga oid darslar olish, shunday qiziqishga ega boshqa odamlar bilan uchrashishdan boshlandi", - deydi Denis.

Your browser doesn’t support HTML5

60 soniya ichida: iqlim bo'yicha dunyoning muhim xabarlari

Denning qizlari Jenin va Eden Nep ham atrof-muhitga mehr qo’ygan, deydi ularning amakisi Jon.

"Tabiatning kuchini ko'rish, u bilan yashash, u xoh yovvoyi yoki tabiiy bo'lsin, oilamga ta’sir o’tkazgan", - deydi u.

Oila ham atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko’rsatishda davom etmoqda.