AQSh-Meksika chegarasi orqali kirib kelayotgan muhojirlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Ammo Rio Grandedan 130 kilometr shimolda joylashgan Bruks okrugida migrantlar boshqa bir inqiroz bilan yuzlashmoqda. Texas universiteti Strauss markazining 2020-yilgi hisobotiga ko'ra, 2012-yildan 2019-yilgacha bu yerda eng ko’p muhojirlar o’limi qayd etilgan.
AQShga yashirincha o'tadigan migrantlar, ko'pincha, Bruks okrugidan keyingi manzilga yo'lak sifatida foydalanadi.
Okrugning eng katta shahri bo'lgan Falfurriasni aylanib o’tish uchun migrantlar, odatda, bir necha kun vaqt oluvchi olis va kimsasiz hududdan o’tishadi. Ba'zilar issiqlik yoki suvsizlikdan halok bo’ladi.
“O‘tgan yili biz jami beshta jasad topdik. Ba'zilari yangi, ba'zilari esa ancha turib qolgan", - deydi mahalliy rancho menejeri Fernando Servantes.
Your browser doesn’t support HTML5
Yer qumloq. Harorat ko'pincha 38 darajadan yuqoriga ko'tariladi. Esda qoladigan joylar kam va muhojirlar adashib qolishi ehtimoli yuqori. Servantesning aytishicha, ular tirik topilganlarga yordam berishadi va so’ng chegara xizmatiga topshirishadi.
"O'tgan yili ham shu holga guvoh bo’ldik. Adashib yurgan 5-6 ta odamni topdik. Ular allaqachon o’limga yaqin ahvolda edi", - deydi u.
Ba’zilar o’zlari yordam so’rab murojaat qiladi.
"Hammaning holati har xil”, - deydi politsiya rasmiysi Benni Martinez.
Sherif Martinezning aytishicha, eng ko’p muhojirlar o’limi Bruks okrugida yuz bermoqda. Migrantlar yordam uchun 911 raqamiga qo'ng'iroq qilganda, dispetcher ular bilan imkon qadar ko’proq muloqotda qolishga harakat qiladi. Sherif idorasi ana shunday muhojirlarni qutqarishda yoki ularning jasadini olib ketishda ishtirok etadi.
"Bizda issiq kunlarda ular 72 soatdan ko’pga chiday olmaydi. Hozir chegara xizmati ancha yaxshi. Ularda tezda yetib borib, o’sha joyning o’zida qonga suyuqlik yuborib, yordam berishadi”, - deydi Martinez.
Buni ham ko'ring Meksika orqali AQShga kirayotganlarning demografik tarkibi o'zgarmoqdaTirik qolmaganlar taqdiri nima bo’ladi?
“Buning uchun bizda morg bor. Bruks okrugida ham oʻlikxona bor. Ular chegara patrul xizmati va ofitserlar yordamida o’liklardan barmoq izlarini olishadi. Biz bu odamlarning shaxsini aniqlaganimizdan so'ng, konsullikka murojaat qilamiz. Ular esa oila a'zolarini aniqlaydi”, - deydi politsiyachi.
Egasi chiqmagan jasadlar Texas davlat universitetiga yuboriladi. 2022-yilda AQSh patrul xizmati janubiy chegara bo‘ylab 858 nafar muhojirning qoldiqlarini topdi. 2021-yilda bu raqam 657 tani, 2020-yilda 255 tani tashkil etgan.
Huquq faollariga ko’ra, aslida raqamlar bundan ko’p. Janubiy Texas Inson huquqlari markazi direktori Eduardo Kanalesning aytishicha, so'nggi ikki yil ichida birgina Bruks okrugining o’zida 200 dan ortiq jasad topilgan. Bedarak yo‘qolganlarni topish qiyin, deydi u.
"GPS” koordinatalari bo'lsa va ular qidiruvchilarga berilsagina yo’qolganlar topilishi mumkin”, - deydi u.
Kanales tez-tez 285 va 281-magistral yo’llar chorrahasiga borib, yo’lovchilar uchun suv qoldirib qaytadi.