Bir guruh amerikalik shifokorlar murakkab yuz rekonstruksiyasi operatsiyalarini o‘tkazish uchun yangi texnologiyadan foydalanishni ukrain hamkasblariga o’rgatmoqda.
Asli kiyevlik Ivanka Nebor Qo'shma Shtatlarda otolaringolog - quloq, tomoq va burun shifokori bo'lib ishlaydi. U Rossiya bosqinidan so'ng “Yuzma-yuz” degan loyiha boshlagan.
Amerikalik shifokorlar Ukraina kasalxonalariga borib, murakkab yuz va bo'yin rekonstruksiyasi operatsiyalarini o’tkazadi.
“Ayrim bemorlarimizga chag’ pasti rekonstruksiyasiga muhtoj. Buning uchun ularning oyog'i yoki qo'lidan qon tomirlarini olib, bo’yin tomiriga ulaymiz. 15 soat davom etadigan juda murakkab jarrohlik amaliyoti”, - deydi Nebor.
U jarrohlik amaliyotlarida amerikalik hamkasblariga yordam beradi, ukrainalik shifokorlar uchun videokonferensiyalar uyushtiradi.
Buni ham ko'ring "Project 22" - Ukraina kasalxonalarini urushga chidamli qilib isloh qilish loyihasi“Jiddiy jarohatlarni ko’ramiz. Ko'zi, burni yoki jag'idan ayrilgan bemorlar ko’p. Mikrovaskulyar va bemorga maxsus implantlar qo’yish kabi murakkab yuz-jag’ operatsiyalarini o’tkazish bo’yicha bu yerda hali yetarli tajriba to’planmagan. Maqsadimiz mahalliy shifokorlarni shu yo’nalishdagi tajribalarini oshirish. Turli tana qismlari bo’yicha ixtisoslashgan jarrohlarimiz bor”, - deydi amerikalik jarroh Manoj Abraham.
U shifokor, hamshira va texnik yordamchilardan iborat 18 amerikalik mutaxassisdan biri. Jamoa a’zolari allaqachon yuzidan og‘ir jarohat olgan 30 dan ortiq ukrain harbiylarini operatsiya qilgan.
Urushda chap ko‘zidan ayrilgan Vyacheslav Kondrashov o’z operatsiyani oylab kutgan.
“O’zimizning shifokorlarimiz, yuzimning asab tolalari tiklanmasligini, bo’ynimdagisi ehtimol tiklanishi, ko'zimni esa endi o’zim ochib-yopolmasligimni, qachondir jilmaya olishimni aytishdi. Ammo bu shifokorlar hali hammasini tiklash imkoniyat bor deyishyapti! Va bu ajoyib!”, - deydi Kondrashov.
Ko'plab ukrain askarlari amerikalik mutaxassislar tufayli yana odatdagidek ovqatlanish, gapirish, hatto nafas olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
“Jarohatlanib, burnimdan tamoman ayrilgandim. Hozir avvalgi holatiga qaytaryapmiz, qo'ldan kelgancha. Sakkiz marta operatsiya bo’ldim”, - deydi askar.
“Mikroxirurgiya, ya’ni suyakni, kerakli qon tomirlarini maxsus usul bilan izolyatsiya qilish, so'ngra mikroskop ostida har bir tomir, asab tolasini ulash va tikish uchun 2-3 soat sarflash - ehtimol ukrainalik shifokorlar amerikalik hamkasblaridan shularni o'rganishlari kerak”, - deydi Nebor, loyiha koordinatori.
Ularning yuzlaridagi chandiqlar Ukraina tez orada ozod bo’lishiga bo’lgan umidning bahosidir. Ukrain va amerikalik shifokorlarning ko’magi bilan, yana bir umid shuki, bemorlar yuzini yashirishiga hojat qolmasin.