AQSh prezidentlik saylovida yoshlar qanday rol o'ynaydi?

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

“Z” avlodi deb ataladiganlar yoki 1996-yildan keyin tug'ilganlar oldingi avlodlarga qaraganda irqiy va etnik jihatdan ancha xilma-xil. Ular, asosan, liberal qarashlarga moyil, ammo hammasi ham bir xil emas.

"Bu avlod partiyadan ko’ra ko’tilaryotgan masalalarga ko’proq e’tibor qaratadi", - deydi ekspert Brayn Marks.

2024-yilgi prezidentlik saylovida ovoz berish huquqiga ega universitet talabalarining aytishicha, ular AQSh Oliy sudining bir qator masalalarda, jumladan, abort qilish huquqi va kollejga kirish bo’yicha qabul qilgan qarorlarini yaqindan kuzatmoqda.

"Abort huquqini, ozchilik guruhlar huquqini ta’minlovchi qarorlarning bekor qilinishi tufayli biz 100-150 yil orqaga qaytyapmiz”, - deydi Emili ismli talaba.

Jurnalistika bo’yicha 2-kurs talabasi Preston Reyvn oliy o’quv yurtiga qabul qilishda irqni hisobga olmaslik haqida Oliy sud yaqinda qabul qilgan qarorni yoqlashini bildirdi.

Buni ham ko'ring AQShda yoshlar o'limiga sabab bo'layotgan fentanil qayerdan kelyapti?

“Arizangizni qabul qilishda ular irqqa qaramasligi kerak. Men o’zim oq tanli bo’lmaganlar sirasidan bo’lsam ham, hamma birdek ko’rilishi kerak deb hisoblayman", - deydi u.

Ayollar huquqlari va iqtisodiy siyosat Elizabet Endryu uchun eng muhim masalalar.

"O'tgan yili abort qilish huquqi va talabalar uchun kredit masalasiga ko’p diqqat qaratdim", - deydi u.

Bu yoshlar ovozi 2024-yilgi saylov natijalariga qanday ta'sir qilishi haqida gapirishga hali erta.

"20 yosh va 45 yosh odamni solishtirsak, 45 yoshli odamning ovoz berishga chiqish ehtimoli ko'proq. Chunki ular bu borada tajirbaga ega va siyosat qanday ishlashini yaxshiroq tushunadi", - deydi siyosiy tahlilchi Andra Gilespi.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh: Yoshlar orasida sport qimorbozligi avj olayapti

20 yoshli talaba Oishe Oliy sudning yaqinda qabul qilgan qarorlari haqida o'ylar ekan, bu o’zgarishlar yoshlarga qanday ta’sir qilganini bilish qiziq ekanini aytadi.

"Men, albatta, ovoz beraman, lekin hamma tengdoshlarim haqida bunday deya olmayman. Chunki ba’zi tengdoshlarim ovozlari nimanidir hal qilishiga ishonmaydi”, - deydi u.

Bu fikrni o'zgartirish uchun nima qilish kerak?

"Nima qilish kerak? O’tirib, yoshlar bilan gaplashish kerak. Agar biz quloq solsak, ular bizga o’z xavotirlarini aytadi”, - deydi professor Robert Destro.

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, ilk bor ovoz berayotgan yoshlar ro’yxatdan o’tish jarayonida ham yo’l-yo’riq va yordamga muhtoj bo’ladi.