Yaqinda yettita yetakchi texnologiya kompaniyasi sun'iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz va shaffof tarzda ishlab chiqish haqidagi Prezident Jo Bayden iltimosini inobatga olishga so’z berdi.Ularning bu va'dani bajarishi qanchalik haqiqatga yaqin?
"Kompaniyalar o'z texnologiyasini ommaga taqdim etishdan oldin xavfsizligiga ishonch hosil qilishlari shart", - dedi AQSh Prezidenti Jo Bayden.
“Amazon”, “Google”, “Meta” va “Microsoft” kabi yirik kompaniyalar sun'iy intellekt bo'yicha Oq uy qo’ygan xavfsizlik choralariga rioya qilishga va’da berdi.
“Kompaniyalar darhol amalga oshiradigan majburiyatlar uchta asosiy tamoyilni o’z ichiga oladi: bexatarlik, xavfsizlik va ishonch”, - dedi Bayden.
Buni ham ko'ring Izlanish: Sun'iy intellekt jurnalistlarni nishonga olishni osonlashtiradiVa'da qilingan majburiyatlarning ba'zilari juda amaliy, deydi Jorj Vashington universitetining Muhandislik va amaliy fanlar fakulteti professori Deyvid Braniyataski.
“Masalan, katta til modellari yaratgan mahsulotlarga belgi qo'yish texnologiyasini joriy etish oson. Bu belgi haqiqatni tekshirishda odamlar uchun manbani ko’rsatib turadi, ya’ni u asosli manbadanmi yoki qayerdan olinganini”, - deydi professor.
To'rtta texnologiya giganti, jumladan, “ChatGPT”ni yaratgan “OpenAI” kompaniyasi hamda “Anthropic” va “Inflection” startaplari mustaqil ekspertlar tomonidan o'tkazilgan xavfsizlik sinovlarini bajarish majburiyatini oldi. Bu bioxavfsizlik va kiberxavfsizlik kabi katta xavflardan himoyalanish uchun, dedi Oq uy.
Mutaxassislarga ko’ra, kompaniyalar xavf va innovatsiya o’rtasidagi muvozanatni topishi kerak.
"Biz sun'iy intellektni rivojlantirishni faqat xususiy sektorga topshira olmaymiz", - deydi “Anthropic” kompaniyasi asoschisi Jek Klark.
Bu haqda u BMT Xavfsizlik kengashi yig’inida gapirdi.
“Dunyo hukumatlari birlashib, bu borada davlat salohiyatini rivojlantirishi zarur. Kuchli sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqarish bozorda bir-biri bilan raqobatlashayotgan oz sonli firmalar ishi bo’lib qolmasdan, jamiyatning barcha qatlamlari qatnashadigan jamoaviy harakat bo’lishi kerak”, - deydi Klark.
Your browser doesn’t support HTML5
Oq uy AQShda mas'uliyatli sun'iy intellekt texnologiyasini yaratish shartlari ustida ishlar ekan, ma'muriyat bu sohani boshqarish va rivojlantirish uchun o'zining xalqaro ittifoqchilari bilan ham hamkorlik qilishini ma’lum qildi.