Zelenskiy asli o'zbekistonlik qrim-tatarni mudofaa vazirligiga tavsiya qildi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Mamlakat parlamenti Prezident Zelenskiy tomonidan tavsiya qilingan nomzodni tasdiqlasa, Ukraina mudofaa vaziri O’zbekistonda tug`ilgan qrim-tatar Rustem Umerov bo’ladi.

Zelenskiy Umerov mudofaa vazirligiga taqdim etar ekan, uning nomzodi ortiqcha ta’rifga muhtoj emasligini, deputatlar uni yaxi bilishini ta’kidladi.

Uemerov surgunda tug’ilgan qrim-tatarlardan, uning oilasi 90-yillarda O’zbekistondan Qrimga ko´chib kelgan.

Ayni paytgacha u Ukraina davlat mulk jamg´armasini boshqarib kelayotgan edi. Umerov hukumat tarkibiga so’ngi saylovlar ortidan, “Golos” partiyasi safida parlament deputatligiga saylanishi ortidan kirdi.

Bungacha u asosan Qrim-tatarlar Milliy majlisida turli lavozimlarni band etib kelgan.

Rustem Umerovning mudofaa vazirligiga tasdiqlanishi bevosita frontdagi vaziyatga ta´sir o´tkazmaydi, Ukrainada bu lavozimni harbiylar emas, fuqarolik kasbi mutaxassislari egallab keladi.

Amaldagi vazir Oleksey Reznikov mutaxassisligiga ko’ra, huquqshunos.

Buni ham ko'ring Ukrainadan Rossiyaga 19 545 nafar bola deport qilingan

Mudofaa vaziri urushdagi jangovar vaziyat uchun emas, asosan ta´minot, qurolli kuchlar ijtimoiy himoyasi, umumiy siyosat uchun javobgar.

Urushning qanday yuritilishi esa Qurolli kuchlar bosh qo’mondoni zimmasidagi vazifa, ayni paytda bu lavozimni general Zalujniy band etgan.

Zelenskiy Mudofaa vazirini almashtirish qarorini vazirlik yangi yondashuvlarga muhtojligi, kuz tizimni kuchaytirish fursati ekanligi bilan izohladi.

Haqiqatda esa buning sababi Mudofaa vazirligidagi mavjud korrupsiya ekanligi ta’kidlanadi.

Ukrainada bir yarim yildirki davom etayotgan urush mudofaa tizimi korrupsiya jiddiy ildiz otgan tizimlardan biri ekanligini ko´rsatdi.

Mahalliy matbuotda Qurolli kuchlar ehtiyoji uchun xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, joylardagi harbiy bo´linmalar, hatto qurol-aslaha savdosigacha korrupsion holatlar aniqlangani haqida ko’p yozilgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Ukraina: Tinim bilmagan o’t o’chiruvchilar

Amaldagi Mudofaa vaziri Oleksey Reznikov bu ayblovlarning aksariyatini rad etgan bo’lsa-da, tizimda korrupsiya tugatilmaganiga doir shubhalar kuchli.

Davlat mulkini boshqarish bilan shug’ullanib kelgan Rustem Umerovdan kutilayotgan asosiy vazifa korrupsiyaviy holatlarga mutlaq barham berish, harbiy ta’minot masalasini yaxshilash.

Umerov hozirgacha band etgan lavozimida ancha samarali ishlagani qayd qilinadi.

Umerov urushdagi vaziyatdan uzoqda emas, u tinchlik muzokaralari bo’yicha Ukraina delegatsiyasi a´zosi bo’lgan, Rossiya va Ukraina o´rtasidagi muzokaralar Turkiyada bir necha bosqichda o´tgan, ammo natijasiz tugagan edi.

Umerov bundan tashqari tutqunlikdagi ukrain harbiylarini vataniga qaytarish jarayonlarida ham faol ishtirok etgan.

Ayni paytda Rustem Umerovning , shuningdek amaldagi mudofaa vaziri Oleksey Reznikovning ham o’z lavozimlaridan iste’foga chiqish haqidagi arizalari parlament tasdig’idan o’tishi, yaqin vaqtda Umerovning nomzodi Prezident Zelenskiy tomonidan rasman taqdim etilishi kutilmoqda.