Tahlilchilar fikricha, Pekin Isroil-Xamas urushidan Vashingtonning global ta'sirini kamaytirish va o'z nufuzini oshirish maqsadida foydalanishi mumkin.
Xitoy fikricha, Yaqin Sharqda davom etayotgan mojaroda Vashington Isroilni bir yoqlama harbiy qoʻllab-quvvatlab, taranglikni va gumanitar inqirozni kuchaytirmoqda.
"Agar Vashington haqiqatan ham inqirozga vositachilik qilmoqchi bo'lsa, Isroilning ruhiyatini ko'tarish uchun Yaqin Sharqqa harbiy kemalar yuborish o'rniga, har ikki tomonni muzokaralar stoliga undashi kerak", - deb yozdi xitoylik ekspertdan iqtibos keltirgan Pekinning rasmiy axborot nashri “Global Times”.
2004-2005-yillarda Jorj Bush ma'muriyati davrida Milliy xavfsizlik kengashi direktori lavozimida ishlagan Dennis Uaylder fikricha, Pekin bu mojaroni AQShni yomonotliq qilish imkoniyati sifatida ko’rmoqda.
"Xitoy, afsuski, inqirozdan o'zining ichki propagandasini kuchaytirish uchun foydalanib, AQSh Falastinni inkor qilgan Isroilni qo'llab-quvvatlamoqda, degan qarashni yoymoqda", - deydi u.
Buni ham ko'ring Isroil-XAMAS mojarosi neft ta'minotini izdan chiqarayaptimi?Rays universitetining Beyker davlat siyosati instituti direktori Deyvid Satterfildga ko’ra, Xitoy o'zining global miqyosdagi qarashlarini targ’ib qilish uchun turli vaziyatlar, joylar va imkoniyatlarni qidiradi.
Payshanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligining kundalik matbuot brifingida matbuot kotibi Van Venbin G'azo inqirozida har ikki tomonni "zo'ravonlikka chek qo'yishga, tinch aholiga qarshi harakatlarni qoralashga" va ixtilof "avj olishiga yo'l qo'ymaslikka" chaqirdi.
AQSh Senatida ko‘pchilik demokratlar yetakchisi Chak Shumer tomonidan bosim ko’rsatilgach, Pekin Hamas nomini tilga olmay, Isroildagi hujumlarni qoraladi.
Xitoy rahbari Si Zinpin bu masalada sukut saqladi, biroq Pekin diplomatlari inqiroz haqida boshqa davlatlar bilan gaplashib kelmoqda.
2019-yildan buyon Xitoyning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili bo‘lgan Chjay Jun seshanba kuni Misr tashqi ishlar vazirining Falastin departamenti uchun mas’ul yordamchisi Usama Xedr bilan telefon orqali gaplashib, o‘t ochishni to‘xtatish va zo‘ravonlikka chek qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
Juma kuni bo'lib o'tgan matbuot brifingida Van Venbin Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi Braziliya Prezidentining bosh maslahatchisi Selso Luiz Nunes Amorim bilan ham telefon orqali mojaroni muhokama qilganini aytdi.
Buni ham ko'ring Riyod, Pekin energetik hamkorlikni kuchaytirmoqda"Amerika Ovozi"ning Koreya xizmati juma kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bilan bog'lanib, Vashingtonning Isroilni qo'llab-quvvatlayotganini tanqid qilgan Pekin XAMASni mojaro boshlagan qotillik hujumlari uchun nega qoralamaganini so'radi. Vazirlik javob bermadi.
Londondagi SOAS universiteti qoshidagi Xitoy instituti direktori Stiv Tsangga ko’ra, “XAMASni qoralashdan bosh tortishi Xitoyning Global Janub tomonida ekanligidan dalolat beradi, biroq bu Xitoyni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishda qanchalik foydali boʻlishi savol ostida”.
AQShning strategik pozitsiyasi bo'yicha Kongress komissiyasi e’lon qilgan yakuniy hisobotga ko’ra, Vashington 2027-yildan boshlab Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya va Rossiya kabi bir nechta dushmanlar solayotgan tahdidga bir vaqtning o'zida javob berishga tayyorlanishi lozim.
"Bugungi kunning strategik istiqboli shoshilinch milliy e'tiborni va hozirda rejalashtirilmagan bir qator kelishilgan harakatlarni talab qiladi", deyiladi hisobotda.
Buni ham ko'ring Xitoy Falastin bilan "strategik hamkorlik" o'rnatilganini e'lon qildiChorshanba kuni Bryusselda bo'lib o'tgan NATO yig'ilishida AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, "AQSh bir vaqtning o'zida bir nechta hududlardagi inqirozlarni hal qilish uchun kuch va resurslarni yo'naltirishga qodir" va Isroil hamda Ukrainani ham qo'llab-quvvatlaydi.
Ayrim tahlilchilar fikricha, G’azo inqirozi Xitoy bilan raqobatda Amerikaning foydasiga ishlashi mumkin.
"Amerikaning Yaqin Sharqqa diplomatik e'tiborini kuchaytirishi va u yerdagi mojarolar Xitoyning diplomatik yo'l bilan kirishi mumkin bo'lgan maydonni qisqartiradi”, - deydi Vashingtondagi Yaqin Sharq instituti katta ilmiy xodimi Robert Ford.