Vashingtonda Isroilni quvvatlovchi namoyishlar

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Minglab odamlar bugun AQSh poytaxti yuragida Isroilni quvvatlab namoyishga chiqdi. Oy boshida shu ko'lamdagi chiqishlarda Falastin quvvatlangan edi. U namoyishlarda bo'lgani kabi bunisida ham muxolif tomonlar ham qatnashdi, ya'ni Falastinni olqishlab turganlar ham bo'ldi. Kanada va AQShdan kelgan omma Oq uy va Isroil hukumatidan XAMAS qo'lidagi asirlarni qutqarishni talab qilmoqda. Falastin tarafdorlari nazarida esa yahudiy davlat alamini G'azo ahlidan olish bilan band. 7-oktabrdan beri avj olgan urushda 11 mingdan oshiq falastinlik, 1200 isroillik halok bo'lgan.