AQSh 2023-yilda 8 millionga yaqin biznes va turist vizasi bergan

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat departamenti, ya'ni bu mamlakat tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, o'tgan bir yil ichida uning dunyo bo'ylab konsulliklarida 10,4 million noimmigrant vizasi, jumladan 8 millionga yaqin biznes va sayyoh vizasi berilgan.

Bu, deya bildirmoqda Davlat departamenti, Amerika darvozalari jahonning har tarafidan sayyohlar va tadbirkorlar, mutaxassislar va boshqa mehmonlarga ochiq.

2017-yildan beri 2023 yilda eng ko'p talaba vizasi ham chiqarilgan, 600 mingdan ziyod.

AQSh iqtisodiyoti har yili chet ellik studentlardan 38 milliard dollar daromad oladi.

Hindistondagi konsulliklarning o'zi o'tgan yil mobaynida 140 ming talaba vizasi bergan.

Afrika davlatlaridan 40 mingga yaqin talaba shunday viza olgan, ulardan deyarli 10 ming nafari Nigeriyadan.

Buni ham ko'ring AQShga vizani Markaziy Osiyoda asosan O'zbekiston va Qozog'iston fuqarolari olmoqda

Xorijdan kelayotgan mehmonlar iqtisodga jami 239 milliard dollar foyda keltirgan. Buning hisobiga esa AQShda taxminan 9,5 million ish o'rni saqlab qolingan.

442 ming viza esa vaqtincha ishlash uchun tasdiqlangan, jumladan qishloq xo'jaligi va boshqa sanoatlarda.

Yuqori malakali mutaxassislarga esa 590 ming mehnat vizasi berilgan. Texnologiya sohasidan tortib sog'liqni saqlashgacha, AQSh har yo'nalishda yetishmaydigan kadrlarni ishga olishda davom etadi, dea qayd etadi Davlat departamenti.

365 ming viza Amerikaga uchadigan havo yo'llari va boshqa transport tizimlari xodimlariga nasib etgan.

Doimiy yashash va ishlash imkoniyatini beruvchi immigratsion vizalar berishda O'zbekistondagi konsullik 7-o'rinni egallagan. Bu mavzuda AQShning Toshkentdagi Bosh konsuli Robert Romanovski bilan suhbatimizda tanishishingiz mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh O'zbekiston fuqarolariga qanchalik ochiq?