Merilend universiteti tadqiqotchilari golografik kamera yordamida odamlarning harakatlarini uch o'lchamda tasvirga yozib olmoqda. Maqsad bu tasvirlarni turli mashg'ulotlar, ta'lim va o'yin-kulgi uchun ishlatish. Bunday texnologiya ta’lim va ko’ngilochar sohalarda katta o’zgarish yasashi mumkin.
Skripkachi Irina Moreshano tomoshabinlar ishtirokisiz musiqa chalmoqda, ammo ko’pga emas.
Merilend universitetidagi maxsus jihozlangan “HoloCamera” studiyasida yuzlab uch o’lchamli kameralar uning tasviri va harakatlarini suratga olib, jonli gologramma yaratadi.
Keyin uning gologramma egizagini virtual voqelik shlemiga ega odam jonli tomosha qilishi uchun deyarli har qanday joyga o’rnatish mumkin.
Ushbu tasvirda universitetning skripka bo'yicha professori Moreshano Ruminiyadagi mashhur konsert zalida chiqish qilyapti.
“Biz yozib olgan asarlarimizdan biri Ruminiyaning eng mashhur bastakori Jorj Eneskuga tegishli. Mening orzuim Ruminiyaning mashhur konsertlar zalida musiqa chalish edi. Biz konsertlar zalini suratga olish uchun jamoa yolladik, shunda kimdir ruminiyalik asarining ushbu ijrosini tomosha qilganda, ular meni aynan o’sha konsertlar zalida ko’rishi mumkin", - deydi professor Irina Moreshano.
Buni ham ko'ring Ukraina urushi dahshatlari virtual voqelik orqali namoyish qilindiUnga ko’ra, “HoloCamera” texnologiyasi kun kelib chet eldagi talabalariga yanada yaxshiroq virtual darslar berishida as qotadi.
“Uch o’lchamli texnologiya menga o'z talabamni butun dunyo bo'ylab, har tomondan ko'rishga imkon beradi va shuning uchun ular nima qilishlari kerakligi haqida ko'proq foydali fikr-mulohaza bera olaman va talaba mening ijroimni kuzatishi, ikkala qo'lni qanday harakatlantirayotganimni turli burchaklardan ko'rishi o'quv jarayoni uchun juda foydali bo'ladi”, - deydi u.
Loyiha Merilend universitetining Kompyuter, matematika va tabiiy fanlar kollejidagi Amitabh Varshni jamoasi tomonidan ishlab chiqildi.
"Biz Merilend universitetida olib borgan tadqiqotlarimizdan bildikki, odamlar virtual muhit orqali dunyoni o'z tanalari bilan his qilsa, ma'lumotni yaxshiroq eslab qolishlari mumkin. Biz ishonamizki, virtual va kengaytirilgan voqelik tajribalari tabiatan immersiv bo'lib, faqat klaviatura va sichqonchali ish stoli monitoriga qaraganda, bizga dunyoni yanada aniqroq ifodalashga yordam beradi", - deydi professor Amitabh Varshni.
Buni ham ko'ring AQSh: darslar virtual voqelikka ko'chmoqdaOdamlarga harakatni aylanib tomosha qilish imkonini beruvchi ilg'or gologramma tasvirlari musiqa va ta'limdan boshqa sohalarda ham qo’l keladi.
“HoloCamera” jamoasi hozir sahna san'ati prototipini ishlab chiqmoqda. Xuddi shu texnologiya sog'liqni saqlash sohasida murakkab tibbiy muolajalar, jumladan, jarrohlik amaliyotlarini masofadan turib o'qitishda ham ishlatilishi mumkin.