Ksenotransplantatsiya - organ yetishmovchiligi uchun yechim

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Ksenotransplantatsiya - bu hayvonlarning organlarini odamga o'tkazish jarayoni. Biroq AQShda bu protsedura faqat og'ir yoki hayot uchun xavfli bo'lgan dardga ega bemorlar uchun ruxsat etiladi. Nyu-Yorklik bir jarroh dunyo bo'ylab organ yetishmovchiligini shu yo’l bilan hal qilmoqchi.

Yurak ko’chirib o’tkazish bo'yicha yetakchi jarroh Robert Montgomeri ishini qattiq sevadi. Uning o’zi ham bir paytlar yurak xastaligi bilan kurashgan.

"Yetti marta yuragim to’xtab qolgan; transplantatsiya ro'yxatiga kiritishgungacha deyarli o’lay deganman. Sizga organ ajraitishlari uchun juda qattiq kasal bo'lishingiz kerak”, - deydi u.

2018-yilda u yangi yurakka ega bo'ldi va dunyo bo'ylab a'zo yetishmovchiligini ksenotransplantatsiya, ya'ni inson a'zolari yoki to'qimalarini hayvonlarniki bilan almashtirish orqali hal qilishga qaror qildi. Bu ishda, avvalo, cho'chqalardan foydalaniladi. Inson tanasining rad etish xavfini kamaytirish uchun hayvon geni tahrirlanadi.

"AQShda juda ko’p odamlar ro'yxatga olinguncha va ro’yxatga olingandan keyin vafot etadi. Transplantatsiya ro'yxatidagi odamlarning faqat uchdan bir qismigina yangi organ oladi. Qolgan uchdan ikki qismi olamdan o’tadi yoki dardi bedavo bo’lib qoladi”, - deydi jarroh.

Buni ham ko'ring Ukrainaga qatnab turgan amerikalik jarroh: Hamdardlikning o'zi yetmaydi

Hozirda Nyu-York universiteti Lengon transplantatsiya institutini boshqarayotgan Montgomeri ksenotransplantatsiyaning inson tanasiga ta'sirini o'rganishga alohida e'tibor qaratdi.

2022-yilda Kapuanolar oilasi tuzalmas miya jarohatini boshdan kechirgan Alva Kapuanoni tadqiqot uchun institutga topshirdi. Alvaning o'g'li Tim Kapuanoga ko’ra, tibbiy tadqiqotlarga hissa qo'shish onasining so’nggi orzusi bo’lgan.

"Bu narsa har doim onam uchun muhimligini bilardik", - deydi u.

Alva Kapuanoga cho'chqa yuragi o’tkazildi va u bilan uch kun yashadi.

"To'plash mumkin bo'lgan barcha ma'lumotlar bo'yicha bu ish juda muvaffaqiyatli kechdi. Sinov tugagungacha bo’lgan 72 soatlik vaqt ichida yurak muammosiz va tekis ishladi", - deydi Tim Kapuano.

2023-yilda Montgomeri va uning jamoasi cho’chqa buyragi inson tanasiga o’tkazilgan tarixiy amaliyotni o’tkazdi. Bemor tanasi yangi organni rad etmagan va u ikki oy ishlagan. Montgomerining aytishicha, bu muammo yechimining boshlanishi.

Buni ham ko'ring Ocharchilik afg'onlarni o'z buyragini sotishga majburlamoqda

“Bu ish butun dunyo bo'ylab organ tanqisligini hal qilish yo’lidagi bir qadam. Keyingi qadamlarda sinov tirik odamlar ustida o’tkaziladi va bu buyraklar inson manfaat ko’radigan muddatgacha faoliyat ko’rsatadi”, - deydi u.

Buyrak yoki yurak bo’ladimi, Montgomerining aytishicha, u o'sib borayotgan global muammoga yechim topishda davom etadi.