Prezident Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp noyabr oyida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovida asosiy nomzodlar bo’lishi kutilyapti. Ammo Trampning huquqiy muammolari va har ikki nomzodning yoshiga oid savollar tez-tez o’rtaga tashlanmoqda. Agar ulardan biri poygani tark etsa, nima bo'ladi?
Sobiq prezident Donald Tramp 91 ta ayblov bilan yuzlashmoqda. Bu yil kamida bitta jinoiy sud bo‘lishi kutilyapti.
81 yoshli prezident Jo Bayden uchun esa asosiy masala uning sog’ligi.
"Baydenning keksa yoshi katta muammo deyishadi. Go’yoki, Trampniki unday emas", - deydi Bayden.
Tramp ham 77 yoshni qoralagan.
Buni ham ko'ring Trampning prezident bo'lishi Yevropaga qanday ta'sir qiladi?"Biz mamlakatimizni qaytarib oladigan noyabr oyida katta voqea bo’ladi", - deydi Tramp.
Agar saylovgacha bu nomzodlardan biri vafot etsa yoki prezidentlikka layoqatsiz dep topilsa, nima bo'ladi?
Agar bu partiyalar qurultoyigacha yuz bersa, ba'zi shtatlar ko'proq nomzodlarni poygaga qo'shish uchun partiya ichki saylovlari muddatini uzaytirishi mumkin.
Bu ichki saylovlarning g‘olibi partiya qurultoyida prezidentlikka nomzod sifatida rasman e’lon qilinadi. Respublikachilar anjumani iyul oyida o'tkaziladi; demokratlarniki avgustda.
Agar asosiy nomzod saylovdan chiqib ketsa va hech bir nomzod ko'pchilik ovozga ega bo'lmasa, delegatlar boshqa birovni nomzod qilib ko'rsatishi mumkin.
Buni ham ko'ring Tramp respublikachilarning Ayovadagi ilk partiyaviy tanlovida g’olib bo’ldi“Delegatlar muzokara olib borishda ko'p erkinliklarga ega. Saylovda qatnashmagan kimnidir tanlashlari ham mumkin - bu bizning tariximizda bo'lgan. Ammo respublikachi yoki demokratlar nomzodi kim bo’lishini partiya qurultoyi hal qiladi”, - deydi tahlilchi Jon Frontier.
Agar nomzod qurultoydan so'ng poygadan chiqib ketsa, partiyalar unga o'rinbosar tanlash uchun delegatlarni qayta yig'adi. Yangi tanlov vitse-prezidentlikka nomzod bo'lishi kafolatlanmagan.
Saylovdan keyin ham xuddi shunday jarayon. Aytaylik, Bayden g'alaba qozonsa va xizmat qila olmasa, uning vitse-prezidenti Kamala Xarris avtomatik ravishda o'rinbosar bo'lmaydi va saylovchilar yana ovoz berishadi.
Ammo delegatlar kelisha olmasa, nima bo'ladi?
“Agar hech bir nomzod ko'pchilik ovozni qo'lga kirita olmasa, tanlov Vakillar palatasi ixtiyoriga o'tadi. Shunday qilib, saylov biz bir necha yuz yillar davomida duch kelmagan holatga aylanib ketishi mumkin”, - deydi yana bir ekspert Maykl Sorning.
Agar saylangan prezident Kongress saylov natijalarini 6-yanvarda tasdiqlaganidan keyin vafot etsa, saylangan vitse-prezident prezident sifatida inauguratsiya qilinadi.
Buni ham ko'ring Bayden: Demokratiya kushandasi Trampni qayta saylamangUshbu holatlarning har biri sudda hal bo’ladigan juda tartibsiz jarayonga aylanib ketishi ham mumkin; ayniqsa, natija bahsli bo'lsa.
2021-yil 6-yanvarda Tramp tarafdorlari tomonidan AQSh Kongressi qamal qilingani kabi, jarayon yana qonli tus olishi ehtimoli yo’q emas.