2022-yilda Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlaganida Ukraina iqtisodiyoti 29 foizga qisqargan edi. Iqtisodchilar 2023-yilda vaziyat undan ham yomonlashishini taxmin qilishgan edi. Lekin raqamlar ko’pchilikni hayron qoldirdi.
“2023-yil oxiriga kelib iqtisodiyotimiz 5 foizga o’sganini ko’rdik. 2022-yilga nisbatan 4,4 milliard dollar ko‘proq soliq yig‘ib olingan. Ukraina barqarorligi - bizneslar barqarorligi, xalq farovonligi degani”, - deydi Ukraina iqtisodiyot vaziri o'rinbosari Tatyana Berejna.
Uning aytishicha, urush tufayli Ukraina iqtisodiy tizimini tubdan o’zgartirishga majbur bo’ldi.
“Yevropa uchun resurslar manbai bo’lishni ortiq istamaymiz. Ishlab chiqarish mamlakatning o’zida yo’lga qo’yilsa, yangi ish o'rinlari yaratiladi, soliq tushumlari oshadi. Mamlakatni ichidan mustahkamlash bu", - deydi rasmiy.
Urush sharoitiga moslashgan bizneslar ko’p. Shulardan biri - “Esper Bionics”, urushda qo’lidan ayrilgan odamlar uchun ilg’or protez qo‘llar ishlab chiqarmoqda.
Buni ham ko'ring Berlin Kiyevga uzoq masofali rakatelarni yetkazish payidaligi oshkor bo'ldiKirill Perevozchikov - kompaniya vakili.
“O'tgan yili ishlab chiqarishni kamida ikki barobar oshirdik. Konveyer to’xtamasdan ishlab turibdi. Xodimlarimiz soni ham ikki karra ko’paydi. Talabni qondirish uchun, talab katta”, - deydi u.
Urushdan oldin “OTP Leasing” kompaniyasi Ukraina bozorida yetakchi kompaniyalardan edi. Qishloq xo'jaligi uskunalari, tibbiy asbob-uskunalar va transport vositalari uchun lizing taklif etadi.
Ammo kompaniyaning Kiyev yaqinidagi omborlari hujumga uchrab, katta zarar ko’rdi. Ko’plab asbob-uskunalari, mashinalari barbod bo’ldi. Ba’zi avtomobillarini, xususan yuk mashinalarini kompaniya mudofaa ishlari uchun ajratdi, frontga jo'natdi.
Bosh direktor Andrey Pavlushin kompaniya qayta oyoqqa turayotganini aytadi.
“2023-yilda savdoni 30 foizga oshirdik. Urushdan oldingi byudjetimiz 500 million dollarga teng edi. Hozir esa 350 million dollar, biroz pasaydi. Faoliyatimizni barqarorlashtirib, kelgusi yil esa o'sa boshlaymiz”, - deydi u.
Shunday bo’lsa-da, ba’zilar Ukraina iqtisodiyoti xalqaro ko'makka qaram ekani, pul asosan harbiy xarajatlarga sarflanayotganini qayd etadi.
Your browser doesn’t support HTML5
“Ukraina yalpi ichki mahsuloti 25-30 foizga qisqargan. Bu juda katta raqam. Qo‘shma Shtatlar va Yevropadan qancha ko‘p pul olsak, harbiy nuqtai nazardan shunchalik mustahkam bo‘lamiz. Bizga imkon qadar ko’p pul kerak, iqtisodiyotning harbiy sektoriga yo‘naltirish uchun”, - deydi Ukrainada Xalqaro munosabatlar instituti mutaxassisi Anton Nanavov.
Uning aytishicha, Ukraina iqtisodiyoti o’zini tiklashi uchun kelasi bir necha yil ichida milliardlab dollar sarmoya kerak bo’ladi. Xorijiy hukumatlar va xalqaro moliya institutlarining qo’llab-quvvatloviga ehtiyoj bor.