Erkinlik va imkoniyat - Tojikiston yoshlarining azaliy orzulari

Your browser doesn’t support HTML5

Tojikistonlik yoshlar erkin hayot istaydi

Xo‘jand shahrida faoliyat yuritadigan AQSh va Rossiya madaniy markazlariga har hafta yuzlab mahalliy yoshlar tashrif buyuradi. Ularning aksariyati ingliz yoki rus tilini o‘rganib, AQSh yoki Rossiyada o‘qib, malaka oshirish yoki ishlashni istaydi.

Bu yoshlar fikricha, jahon geosiyosatida kuzatilayotgan ziddiyatlar ularning bilim olishiga ta’sir qilmasligi kerak. Ular tojikistonlik o‘rta va keksa yoshlilardan farqli ravishda Rossiya siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydi, balki qutblashishdan xoli erkin hayot kechirishni, dunyoning istalgan davlatlariga safar qilishni istashini aytadi.

Xo‘jand shahrida AQSh va Rossiya madaniyat markazlari faoliyat qiladi.

"American Space" va "Russkiy dom" deb nomlangan bu markazlarga har hafta yuzlab tojikistonlik yoshlar tashrif buyuradi.

Savsan Odinayeva, tojikistonlik talaba

Buni ham ko'ring Tojikiston: Sirdaryo bo'yida suhbat - suv, o'zbeklar, integratsiya

"Rus uyida muloqot "American Space"ga qaraganda yopiqroq. Birinchi marta "American Space"ga borganimda, ochiq chehra bilan kutib olishdi. Go‘yo men begona emasman. Bu yangi muhitga o‘rganishimga yordam berdi. Rus uyida "American Space"dagidek quchoq ochib kutib olishlarini ko‘rmadim", - deydi Savsan Odinayeva, talaba.

Yana bir talaba Sarvar Hamdamov har ikki markaz faoliyatini yaqindan o‘rganib ko‘rganligini aytib, ularning farqli jihatlariga e’tibor qaratdi.

"Har ikki markazni ham qiyoslab ko‘rdim. Rus madaniyat markazida qo‘shimcha darslar tashkil etiladi. Bu darslar uchun oldindan yozilib, keyin qatnashish mumkin. Lekin istalgan paytda borib, u yerda o‘z ustingda ishlashing uchun yetarli sharoit mavjud emas. Ammo Amerika markazida qo‘shimcha darslardan tashqari erkin bilim olish uchun ham yaxshi sharoit yaratilgan", - deydi Hamdamov.

Sarvar Hamdamov, tojikistonlik talaba

Buni ham ko'ring Sirdaryo, Xo'jand - qadim Sug'diyona

Aksariyat yoshlar Xo‘janddagi AQSh va Rossiya madaniyat markazlariga asosan rus yoki ingliz tilini o‘rganish va u davlatlar tomonidan tavsiya etiladigan o‘quv dasturlari haqida ma’lumot olish uchun borishini aytadi.

Ingliz tilini o‘rganishga bel bog‘lagan yosh mutaxassis Rustambek Ahmadov Rossiya mediasi katta kuchga ega bo‘lgan Tojikistonda ingliz tilini bilish va g‘arb mediasidan alternativ axborot olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi.

"Ikki yoki undan ortiq tilni bilish bizga turli OAVning materiallarini kuzatib, u yoki bu mavzu qaysi mediada qanday yoritilayotganligini kuzatish imkonini beradi. Shu bilan bu mavzu qanchalik tahlil va qanday talqin qilinayotganligidan ogoh bo‘lish mumkin. Bu esa kun tartibidagi masalalar to‘g‘risida muayyan fikrga kelish va aniq qaror qabul qilishimizga yordam beradi", - deydi Ahmadov.

Rustambek Ahmadov, tojikistonlik mutaxassis

Jurnalistika kulliyotida o‘qiyotgan Mehrangez Ahadova ingliz tilini yaxshi o‘rganib, o‘z o‘qishini AQShda davom ettirishni rejalamoqda.

"2023 yili «jurnalistlar uchun ingliz tili» programmasi tashkil etilganida, unda qatnashdim. Bu programmani bitirgandan so‘ng ham ingliz tilini o‘rganishni davom ettirdim. Ingliz tilini yaxshi o‘rganib, o‘z o‘qishimni AQShda davom ettirishni va o‘z sohamning yetuk mutaxassisi bo‘lishni istayman". - deydi Ahadova.

"Hozir magistrlarga tashkil etilayogan programmalarni, stipendiyalarni o‘rganib, ularga hujjat topshirmoqdaman. Istaymanki o‘qishimni xorijda davom ettirsam".

Savsan Odinayeva oliygohni tamomlagandan so‘ng Rossiyada magistratura o‘qishni rejalamoqda.

"Chunki Rossiya muhiti Tojikistonga yaqin. Yana «rus tili millatimizning ikkinchi tili» deyishadi. Sobiq sovet ittifoqida birga yashaganligi uchun umumiy jio‘atlar ko‘p va bu menga qulayliklar beradi. Siyosiy masalalar, albatta, davlatlar siyosatiga, mehnat muhojirlari hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ilm o‘rganish uchun ta’sir ko‘rsatmasligi kerak", - deydi talaba.

Mehrangez Ahadova - jurnalistika talabasi