B5+1 nimani ko'zlaydi?

  • Amerika Ovozi

AQSh, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistonning yetakchi rasmiylari bu davlatlarning xususiy sektori egalari va mutaxassislari bilan muloqot qildi. Almati, 15-mart, 2025.

13-15 mart kuni Almatida AQSh, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistonning yetakchi rasmiylari bu davlatlarning xususiy sektori egalari va mutaxassislari bilan muloqot qildi. B5+1 formatidagi dialog shu tariqa ilk bor o'tkazildi.

Forumda bugungi iqtisodiy imkoniyatlar va muammolar muhokama qilingan. Regional integratsiya sari dadil qadam tashlash, raqobatga chidamli bozorlar yaratish, xorijdan ko'proq sarmoya jalb etish kabi maqsadlar ustida birga ishlashga kelishib olingan.

Aslida bu yo'nalishlar doimiy tilga olinadi va hukumat har bir muzokarada va ular natijasi haqida bayonot berganida, ularni qayd etadi.

B5+1 nimani o'zgartiradi? Bu savolga mutasaddilar hozirdcha "qattiq ishlayapmiz" deya javob qiladi. Tijorat palatalari, tadbirkorlarni quvvatlovchi uyushmalar, moliyaviy institutlar va ekspertlar tashabbuslarga yetakchilik qilishi kutiladi.

Almatidagi tadbirda AQShdan Oq uy rasmiysi Nikolas Berliner va Davlat departamentidan Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomat Jon Mark Pommershaym ishtirok etgan.

C5+1 diplomatik dialogi bu mamlakatlar orasida 2015-yilda yo'lga qo'yilgan. B5+1 shuning biznes ko'rinishi.