Xitoyning Sohil xavfsizligi xizmati Janubiy Xitoy dengizida Filippinga qarashli qayiq va kemalarga bir necha bor tahdid uyg’otib, ortga qaytishga majbur qilgan.
AQSh Prezidenti Jo Bayden Osiyodagi ikki ittifoqchi mamlakat – Yaponiya va Filippin rahbarlarini Vashingtonda qabul qilar ekan, Xitoy agressiyasi va unga qarshi hamkorlik bosh mavzu bo’ldi.
Your browser doesn’t support HTML5
“Filippin samolyotlari, kemalari va qurolli kuchlariga hujum mudofaa bitimini qo’llashga asos bo’ladi”, - dedi Bayden.
Xitoyning bahsli hududlarda kemalarga bosim qo’llash taktikasi Vashington va Manila o’rtasida imzolangan mudofaa bitimi asosida hamkorlikda himoyalanishni taqozo etadi.
Filippin rahbari tahdid saqlanib turar ekan, harbiy hamkorlik va xalqaro huquq normalariga to’xtaldi.
"Murakkab muammolar tomonlardan sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish, umumiy maqsadlarga sadoqat va xalqaro huquq normalariga shartsiz amal qilishni talab etadi", - deydi Filippin Prezidenti Ferdinand Markos.
Ayni damda Yaponiya ham Sharqiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarda Xitoy agressiyasidan xavotirda ekanini bildirmoqda.
“Tahdidlar kuchayib borar ekan, ittifoqchilar va fikrdosh mamlakatlar qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va shaffof xalqaro tartibni mustahkamlashni istasa, ko’p qirrali hamkorlikni oshirishi muhim”, - deydi Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida.
Xitoyni tiyib turish maqsadida 7-aprel kuni AQSh, Filippin, Avstraliya va Yaponiya Janubiy Xitoy dengizida qo’shma harbiy mashg’ulotlarni o’tkazdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi tanqidiy bayonot bilan chiqdi.
“Xitoy Sovuq urush mentaliteti va bloklar siyosatini, mamlakatlarning strategik xavfsizligi va manfaatlariga tahdid soladigan xatti-harakatlarni keskin qoralaydi”, - deydi vazirlik vakili Mao Nin.
Vashingtonda uch mamlakat lideri dengiz mudofaasi bo’yicha yangi choralarni e’lon qildi. Filippinga infrastruktura uchun sarmoya va global gumanitar yordam tashabbuslari bo’yicha kelishib oldi.