Pentagon yaqinda AQSh maxfiy tarzda Ukrainaga ATACMS deb ataladigan taktik raketa tizimini jo‘natganini tasdiqlagan edi.
Rossiya va Shimoliy Koreya bunga tahdid va dezinformatsiya bilan javob qaytardi.
Moskva Ukrainada qurbonlar, vayronalar yanada ko’payishidan ogohlantirdi.
Rossiyaga ballistik raketalar yetkazayotgan Pxenyan Vashingtonni Kiyevga ATACMS bergani uchun tanqid qildi.
“Ukraina tomonidan Rossiya hududlari o’qqa tutilishini yoqlamasligini aytib, uzoq masofali raketalar taqdim etishdan tiyilib kelgan AQSh hukumati shunday raketalar jo’natishi bilan tinchlikka rahna soluvchi kuch sifatida haqiqiy yuzini ko`rsatdi. Bu safar o’z malaylariga Rossiya hududlariga hujum qilish uchun uzoq masofali raketalar tizimini taklif qildi”, deyiladi Shimoliy Koreya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Bu to’g´ri emas.
Buni ham ko'ring Ukraina AQShdan qurol kutarkan, Rossiya imkoniyatdan foydalanishga intilmoqdaAQSh ATACMS raketalarini Ukrainaning ishg`oldagi hududlarida joylashgan Rossiya aviabazalari, ta’minot tizimi va boshqa harbiy obyektlarni nishonga olish uchun taqdim etdi. AQSh Ukraina bu raketalar bilan Rossiya hududlarini nishonga olmasligini aniq-tiniq bildirgan.
Vashington Moskvani o´tgan yil agar Rossiya Ukrainada uzoq masofali ballistik raketalar qo`llasa, AQSh Kiyevga ham shunday imkoniyat taqdim etishidan ogohlantirgan edi.
Buni ham ko'ring Tahlilchilar: Shimoliy Koreya-Rossiya harbiy hamkorligi - global xavfsizlikka tahdidRossiya va Shimoliy Koreya rad etishiga qaramasdan, dalillar rus armiyasi Ukrainaning fuqarolik obyektlarini Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan ballistik raketalar bilan nishonga olayotganini ko’rsatmoqda.
BMT Sanksiyalar bo’yicha nazorat komissiyasining yaqindagi hisoboti shu jumladan. Unda “2022-yilning 2-yanvarida Ukrainaning Xarkov shahriga qulagan raketa parchalari Shimoliy Koreyaning “Xvason-11” raketasiga tegishli ekanligi” aytilgan edi.