Breaking News

AQSh, Xitoy harbiy aloqani tiklash ilinjida


AQSh va Xitoy rahbarlari 15-noyabrda Kaliforniya shtatidagi uchrashuvda oradagi nozik masalalarni muhokama qiladi
AQSh va Xitoy rahbarlari 15-noyabrda Kaliforniya shtatidagi uchrashuvda oradagi nozik masalalarni muhokama qiladi

Bu hafta AQSh va Xitoy prezidetlari San-Fransisko shahrida muloqot qilar ekan, asosiy mavzu harbiy aloqani tiklash bo'ladi. Ikki super qudrat, deydi rasmiylar, strategik kommunikatsiyani yo'lga qo'yishga majbur.

AQSh Osiyo-Tinch okeani hamkorlik sammitiga mezbonlik qilmoqda. Xitoy rahbari Si Zinpin shu bois Kalifoniya shtatiga tashruf buyuradi.

Prezident Jo Bayden Si bilan o'tgan yili Indoneziyada uchrashgan edi.

Oq uy Pekin bilan konstruktiv rishtalarni shakllantirish harakatida ekanini ta'kidlamoqda. Yaqinda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Vashingtonda bo'lib, tomonlar aynan shu maqsad yuzasidan fikr almashgan. Van ham uning davlati Amerika bilan o'zaro ishonchga asoslangan, sog'lom aloqa istashini bildirgan.

Harbiy aloqani yo'lga qo'yish bilan tomonlar taranglikni kamaytirmoqchi va xatolar qilinmasligini ta'minlamoqchi, deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan rasmiylar.

2022-yilda Vakillar palatasining o'sha paytdagi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga borib, AQSh bu orol-davlatni quvvatlashini bildirgan. Xitoy bu qadamni qoralagan.
2022-yilda Vakillar palatasining o'sha paytdagi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga borib, AQSh bu orol-davlatni quvvatlashini bildirgan. Xitoy bu qadamni qoralagan.

O'tgan yilning yozida Vakillar palatasining o'sha paytdagi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga borib, AQSh bu orol-davlatni quvvatlashini bildirgan. Xitoy bu qadamni qoralab, harbiy kommunikatsiyani uzgan. Bu bilan, deydi mutaxassislar, qurolli kuchlar orasida har qanday platformada qilinishi kerak bo'lgan aloqa to'xtab qolgan. Xavfsizlik bilan bog'liq masalalar yuzasidan axborot almashmaslika Vashington ham, Pekin ham xavfli deb qaraydi.

Shu yilning iyun oyida Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga borganida bu jabhada progress bo'lmagan.

Bu hafta Bayden aynan shu masalaga e'tibor qaratib, Si bilan kelishib olmoqchi.

AQSh bosh harbiysi general Charlz Braun Xitoy bosh harbiysi Liu Jenliga maktub yuborgan. Xatdagi iltimos va takliflar ko'rib chiqilmoqda, deya tasdiqlaydi Pentagon.

Harbiy kommunikatsiya ahamiyatini o'rgangan ekspert Maykl Sveyn deydiki, bunday qadamlarga tomonlar yo'q deyishi qiyin, ammo oldinga siljish ham oson bo'lmaydi.

"Aloqa tiklansa-da, qay darajada bo'ladi, shunisi muhim",- deydi Sveyn.

Yana bir tahlilchi Zek Kuper ham shunday fikrda.

“Pekin mavjud mexanizmlar Amerika manfaati uchun ishlaydi deb hisoblaydi. Xitoy juda ehtiyotkor va AQShni o'ziga aslo yaqinlashtirishni istamaydi",- deydi Kuper.

Tayvanda prezidentlikka intilayotgan Vilyam Lay
Tayvanda prezidentlikka intilayotgan Vilyam Lay

Tayvanda prezident saylovlari yaqin. Yanvar oyida o'tadigan tadbirga, ya'ni kampaniya va ovoz berish jarayoniga AQSh Xitoy hukumati aralashmasligini xohlaydi.

Pekin uchun Tayvan Xitoyning bir qismi. Tayvan esa o'zini mustaqil deb biladi va Vashinington buni yoqlab keladi, garchi mustaqilligini ochiq tan olmasa-da.

“Pekin bu masalada og'iz ochmasa kerak", - deydi ekspert Bonni Gleyzer.

Uning tahlilicha, Xitoy Tayvanni ichki masala deb biladi va Amerika bilan uni muhokama qilishdan qochadi.

Pekin Tayvanda Hu Yui degan siyosatchi hokimiyatga kelishidan umidvor. U hozirda Nyu-Taypey shahri meri. Hu har qanday urushga qarshi va Tayvan tinchlikda va murosada yashashi lozim, deya bong urib kelmoqda.

Biroq poygada demokrat vitse-prezident Vilyam Lay oldinda. U - Pekinning tanqidchisi va saylansa, Xitoy bilan aloqa taranglashishi tayin.

Xitoyning AQShdagi elchisi Shi Feng deydiki, Amerika, uning mamlakatidagi siyosiy jarayonlarga aralashmasligi va davlat tarkibini o'zgartirishga aslo urinmasligi lozim.

"Xitoyni bo'lishga harakat qilish, Tayvan mustaqil deb targ'ib qilish tinchlikka yetaklamaydi", - deya ogohlantirdi Shi yaqinda Gonkongda xalqaro forumda so'zlar ekan.

"Aloqalar barqarorlashishi kerak. Shundagina tinchlikka zamin hozirlanadi", - deydi Yun Sun, Vashingtondagi Stimson aql markazidagi xitoylik mutaxassis.

AQSh rasmiylari deydiki, Vashington Tayvan suverenitetini yoqlamaydi, ammo hozirgi holat o'zgarmasligini istaydi, ya'ni orol o'zini boshqarishda davom etsin.

AQSh iqlimdagi salbiy o'zgarishlarni bartaraf etish yo'lida ham ham Xitoy bilan yaqindan ishlashni xohlaydi, deydi maxsus vakil Jon Kerri
AQSh iqlimdagi salbiy o'zgarishlarni bartaraf etish yo'lida ham ham Xitoy bilan yaqindan ishlashni xohlaydi, deydi maxsus vakil Jon Kerri

Pekin va Vashington iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga va qoradori savdosiga qarshi, shuningdek, sun'iy intellekt va texnologik masalalarda hamjihat bo'lish ilinjida.

Liderlar uchrashuvida Shimoliy Koreya, Yaqin Sharq va Ukraina ham muhokama qilinadi.

Bayden Isroil-XAMAS urushi kengaymasligi uchun Eronni tiyish shart ekanini eslatadi, deydi rasmiylar. Pekin bu mojaroda neytral ekanini ta'kidlaydi.

XS
SM
MD
LG