Rossiya Arktika uchun kurashni kuchaytirmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Tahlilchilarga ko`ra, Rossiya Arktikadagi strategik ta’sirini kuchaytirish uchun ilmiy tadqiqotlar, dengiz faoliyati va turizmni o’z ichiga olgan gibrid usullarga zo’r bermoqda.

Norvegiyaning uzoq hududlaridagi mahalliy jamoa uchun Rossiyadan sayyohlarni olib kelayotgan yangi kema shunchaki sayohatdan ko`ra ko’proq narsalarni anglatadi.

Quruqlikdan 600 kilometr uzoqlikda joylashgan Shpisbergen arxipelagidagi turistik biznesda odatda Norvegiya kompaniyalari ustunlikka ega.

"Brim Explorer" dunyoda birinchilardan ayrim sayyohlik kemalarida elektr dvigatellaridan foydalanishga muvaffaq bo`lgan ilg’or kompaniyalaridan sanaladi.

Yaqinda Rossiya ham bu oroldagi turizm imkoniyatiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Shpisbergendagi noodatiy qonunchilik bazasi, Shpisbergen bo`yicha yuz yillik bitim imzolagan davlatlarga ham iqtisodiy faoliyati uchun izn beradi.

Aprel oyida Rossiya orolga kema va o`z sayyohlarini jo`natishini e`lon qildi.

Bu oroldagi sayyohlik biznesiga qanchalik ta’sir qilishi mumkin degan savolga Brim Explorer rahbari Agnes Arnodottir shunday javob beradi:

Buni ham ko'ring Xitoy Rossiya orqali Arktika hududiga kirib kelmoqda

“Men bu bizga ta’sir qiladi deb o’ylamayman, lekin albatta Rossiyaning sayyohlik faoliyatini kengaytirish istagini tushunaman. Shpisbergenda faollikni ushlab turush geosiyosiy jihatdan muhim”.

Norvegiyaning Shpisbergendagi ishtiroki ziddiyat yuzaga chiqsa Rossiyaning shimoliy floti uchun Atlantikaga yo`l yopilishi mumkinligini ham anglatadi.

Tahlilchilarga ko`ra, aynan shu sabablar bois ham Rossiya oroldagi, avvalo ruslar va ukrainlardan iborat 400 nafarlik aholiga ega Barensburg shaharchasidagi faolligini oshirmoqda.

Bitimga muvofiq Shpisbergenda harbiy faoliyat taqiqlangan, ammo tahlilchilar Rossiya o`z ta’sir doirasini oshirishda gibrid usullardan foydalanayotganini ta´kidlashadi.

Bu qonunda belgilangan sohalar, tadqiqotlar o`tkazish, turizm sanoati, dengiz faoliyatini rivojlantirish orqali strategik maqsadlarga erishishni anglatadi.

Tadqiqotchilar so`nggi paytda Shpisbergen bo’yicha Rossiya ritorikasi kuchayib borayotganini qayd qilishmoqda.

“Rossiya tomonidan Norvegiya jiddiy tanqidga olingan rasmiy bayonotlar berildi, go`yo Norvegiya NATO topshirig’iga ko`ra orolda qurollar joylashtirayotgani iddoa qilinadi. Odamlar bu keskin bayonotlarni dushmanona ohangda deb baholashmoqda”, deydi Nansen instituti katta ilmiy xodimi Arild Mo.

Buni ham ko'ring Kaspiy dengizi ham qurib bormoqda

Shpisbergen gubernatori yordamchisi, Norvegiya politsiya xavfsizligi xizmati a'zosi Jon Hoffmanning “Amerika ovozi”ga aytishicha, rossiyaliklar oroldagi qoidalarni tez-tez buzib turishadi, xususan faqat qazilma tadqiqotlarida ishlatishga ruxsat berilgan vertolyotlardan foydalanishda ham.

“Ular Barensburg bo`ylab qonunga muvofiq tarzda Norvegiya nomerlarida emas, Rossiya nomerlarini taqib harakatlanishadi ”, Hoffman.

2023 yilning mayida Barensburg aholisi G´alaba kuni munosabati bilan namoyish o`tkazdi, mahalliy aholi bu namoyishni harbiy ohangidan xavotir bildirdi.

Shpisbergen gubernatorligi o’tgan yilgi namoyish xalqaro matbuot diqqatiga tushishi ortidan bu yilgisi ancha kamtar o´tkazilganini ta’kidlaydi.

“Bu ularning o`zini tashabbusimi yoki Moskvadan kimdir kamtarroq o`tkazishni buyurganmi, biz buni bilmaymiz”, deydi Hoffman.

Norvegiya telekompaniyasi o`tkazgan surishtiruvda Rossiya harbiy razvedkasi xodimi sifatida qayd qilingan Rossiyaning Barensburgdagi maxsus konsuli intervyu haqidagi so’rovni rad qildi.

Arktikadagi ishtirokini kengaytirishga urinayotgan Rossiyaning mintaqadagi harbiy bazalari NATO bazalaridan uch barobarga ko`p.

Rossiya Shpisbergenga jo`natayotgan sayyohlik kemasi esa aysbergning uchidek ko`rinadi.