Los-Anjelesning xitoyliklar yashovchi “Chinatown” tumani yangi o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Xitoydan kelgan muhojirlar safiga endi Gonkong, Tayvan va Janubi-Sharqiy Osiyodan kelganlar qo'shilmoqda.
Ko'plab xitoylik amerikaliklar hali ham Los-Anjeles markazidagi tarixiy “Chinatown” dahasida an’anaviy bayramlarini nishonlab va yashab kelayotgan bo’lsa-da, Los-Anjelesning xitoylar eng zich joylashgan hududi San-Gabriel vodiysi hisoblanadi.
Your browser doesn’t support HTML5
O'n uch yoshli Jenni Xe xitoylik ko'plab muhojirlarni o'ziga jalb qilgan bu mahallada ukasi bilan o'ynaydi.
Jenni ukasi va otasi bilan Markaziy Amerika orqali kelgan. Uning otasi Xe Xitoy hukumati ortda qolgan oilasini ta'qib qilishidan qo'rqib, yuzini ko'rsatmaslikni so'radi.
“Qayig’imiz ag‘darilib ketdi, keyin qayiqsiz qoldik. Shundan so’ng ikki yarim kunlik yo’lni tropik o‘rmon orqali to‘rt yarim kunda piyoda bosib o’tdik”, - deya eslaydi u.
U o’rmon ichida muhojirlar guruhini yo’qotib ham qo’ydi.
“Oldimizda yoki orqamizda hech kimni ko'rmadim. O'sha paytda bu men uchun ruhiy sinov bo’ldi”, - deydi u.
Jenni Xitoydagi itini va keyinroq ularga qo'shiladigan onasini sog'indi, lekin bu yerdaligidan baxtiyor.
Buni ham ko'ring Tramp musulmon mamlakatlardan Amerikaga kirishni yana taqiqlamoqchi"Men tasavvur qilgan Amerika xavfsiz joy emas edi. Lekin kelganimdan so'ng bu yer juda tinch ekanligini, ayniqsa, odamlar bolalarga mehribonligini ko’rdim", - deydi qizaloq.
Xitoydan boshpana izlab kelgan yana bir muhojir Li Delong ijaraga olingan mashinasida oziq-ovqat yetkazib bermoqda. Ikki yil oldin u Markaziy Amerika orqali kirib kelishda qaroqchilarga yo’liqqan edi.
Li hozir yashab ishlayotgan hududda ingliz tilini bilishga unchalik ehtiyoj yo’q.
“Mening tushuncham shuki, AQSh muhojirlar mamlakati. Turli millatlar o'z jamoalari bilan yashaydi. Men kabi ingliz tilini tushunmaydigan yangi muhojir uchun asosan Xitoy anklavida yashay ma’qul”, - deydi u.
Li uchun yolg'izlik muammo, lekin hayot baribir Xitoydan ko'ra yaxshiroq.
“Bunday muhitda omon qolish qiyin. Xitoyning kelajagiga, ayniqsa Si Zinpin hokimiyatga kelganidan beri umid yo’q. Xitoy iqtisodiyoti borgan sari pasayib bormoqda”, - deydi Li.
Buni ham ko'ring So'rov: Muhojirlar AQSh iqtisodiyotiga qanchalik hissa qo'shadi?Rasmiylarning aytishicha, 2023-yilning oktabridan 2024-yilning apreligacha 27,7 ming xitoylik muhojir janubiy chegara orqali vizasiz AQShga kirishga uringan.
Los-Anjelesga kelgan xitoylik yangi muhojirlar ulardan oldin kelgan xitoyliklar jamoasidan yordam oldi.
Shuningdek, boshqa guruhlar, masalan, mahalliy cherkovlar ingliz tili darslari va bepul uy-ro'zg'or buyumlarini taklif qilmoqda.
Yordamning ko'p qismi norasmiy bo'lib, ishda yoki savdo markazlari va ibodatxonalar kabi yig'ilish joylarida orttirilgan yangi do'stlar tomonidan keladi.