Ukraina Yevropa Itiifoqiga qo’shilish jarayonini rasman boshladi. Lyuksemburgda start olgan jarayon yillar va hatto o'n yillar davom etishi mumkin bo'lsa-da, Kiyev hukumati qishloq xo'jaligi siyosatidan tortib, inson huquqlarigacha bo'lgan sohalarda qat’iy standartlarga rioya qilish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.
“Ukraina bu jarayonga tayyor, - dedi ukrainalik deputat, Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha sobiq bosh vazir o‘rinbosari Ivanna Klimpush-Sinsadze “Amerika Ovozi”ga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 2017-yilda Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan assotsiatsiya shartnomasi doirasida, ayniqsa, vizasiz rejimni ta’minlash jarayonida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Buni ham ko'ring Rossiya Ukrainadagi huquq ahvoliga e'tibor qaratib, G'arb ko'magini tanqid qildiUkraina 2022-yil iyun oyida, Rossiya mamlakatga keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan bir necha oy o‘tib, Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod sifatida rasman tasdiqlangan edi. Ukraina bilan bir vaqtda Yevropa Ittifoqiga nomzod sifatida tasdiqlangan Moldova ham shu kunlarda a'zolik muzokaralarini boshladi.
Yevropa Komissiyasining prezidenti Ursula fon der Leyen 2023-yil noyabr oyida Ukraina parlamentida nutq so‘zlab, Ukrainaning sa’y-harakatlarini olqishlagan va “mamlakat urush holatida bo’lsa ham kutilganidan ko’ra ko’proq muvaffaqiyatlarga erishganini aytgan edi.
Klimpush-Sinsadzega ko’ra, agar Ukraina Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish yo'lidagi harakatni davom ettirmoqchi bo'lsa, jamiyatning barcha qatlamlari va siyosiy guruhlari birlashishi zarur.
"Bu jarayon Ukraina davlat boshqaruvidagi o'zgarishlarsiz; fuqarolik jamiyati, turli siyosiy partiyalar va manfaatdor tomonlarning to'liq imkoniyatlarini jalb qilmasdan hamda jamiyat bilan mashaqqatli qadamlar haqidagi samimiy suhbatlarsiz qiyin bo'ladi", - dedi u.
Ushbu qadamlar Ukrainadan, boshqa har qanday a'zolik nomzodi singari, o'z qonunlari va standartlarini 35 ta siyosiy sohada Yevropa Ittifoqining qonunlari va standartlariga moslashtirishni talab qiladi. Bu sohalar tovarlarning erkin harakatlanishi, baliqchilik, soliqqa tortish, energetika va atrof-muhitdan tortib sud huquqlari va xavfsizlikkacha bo'lgan sohalarni qamrab oladi.
Har bir bo'lim bo’yicha qilingan ishlar Yevropa Ittifoqidagi mavjud 27 a'zoning barchasini qoniqtirishi kerak; bu esa jarayonning murakkab bo’lishi va uzoq davom etishiga sabab bo’ladi.
Buni ham ko'ring Polsha sobiq prezidenti: Butun dunyo Ukrainaga yordam berishi lozimUkraina Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Tatyana Berejnaya Ukrainaning bu uzoq yo'lga tayyorligi haqidagi fikrni qo‘llab-quvvatladi. “Amerika Ovozi” bilan intervyuda u Ukraina “allaqachon Yevropa qonunchiligini tatbiq etishni sinab ko'rishga ulgurdi”, deb ta’kidladi.
Bandlik, ijtimoiy masalalar va ishchilarning erkin harakatlanishi bo'limlari bo'yicha muzokaralar uchun mas'ul bo'lgan Berejnaya ariza topshirilgan paytdan boshlab Ukraina kerakli talablarni bajarganini va endi "muzokaralarni davom ettirishga tayyor" ekanini aytdi.
Joriy yilning o‘zidayoq Ukraina rasmiylari Yevropa Komissiyasi vakillari bilan bir necha tushuntirish yig‘ilishlarida ishtirok etdi.
“Endi muzokaralar boshlandi, biz qonunchilikning barcha bo’limlari bo‘yicha bir qator uchrashuvlar o‘tkazamiz, - dedi Berejnaya. - Biz bu uzoq jarayon ekanligini tushunamiz, lekin Yevropadagi oilamiz bilan aloqalarni qayta tiklashga harakat qilamiz”.
Varshavada joylashgan “Visegrad Insight” tahlil markazining siyosatni bashorat qilish bo'limi rahbari Voytseh Przibilskiy Ukrainaning hozirgi yo'lini Yevropa Ittifoqiga a'zolik bo'yicha muzokaralarni atigi besh yil ichida yakunlagan Polsha bilan taqqosladi.
Uning ta'kidlashicha, Ukraina a’zoligi bo'yicha muzokaralar aynan Vengriya Yevropa Ittifoqining boshqaruviga kelgan keying olti oy ichida bo’lib o’tadi. Vengriya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishiga va Yevropa Ittifoqining yanada kengayishiga qarshi bo’lgan.
“Biz bu yo’lda sekinlashuv yoki pauza bo'lishini bilamiz, ammo bu mavzu yanvar oyida Polshaning Yevropa Ittifoqiga raisligi ostida qayta ko’tariladi”, - dedi Przibilskiy.
U Evropa Ittifoqi rivojlanish va gullab-yashnashi uchun kengayishi kerak deb hisoblaydi.
“Yaxshiyamki, hozirda siyosiy harakat jadal rivojlanmoqda. Biz ushbu siyosiy yordamni va siyosiy homiylik qiladiganlar tarmog'ini kengaytirishimiz kerak”, - deya qo’shimcha qildi u.
Buni ham ko'ring Putin nega Zelenskiyga qarshi tashviqotni kuchaytirmoqda?Ukraina Ikkinchi jahon urushidan beri Yevropadagi eng yirik qurolli mojaroning episentriga aylanganini hisobga olib, Przibilskiy bu kengayishni “Yevropadagi tinchlik loyihasi, Yevropa Ittifoqini esa Yevropada tinchlik o‘rnatish vositasi” sifatida ko‘rishini aytdi.
Uning aytishicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bu jarayonning asosiy tarkibiy qismi bo‘ladi.