Amerika rasmiysining aytishicha, NATO shu kunlar Vashingtonda bo'lib o'tadigan sammitda Ukrainani Shimoliy Atlantika harbiy alyansiga a'zo bo'lishini tezlashtirish uchun "aniq qadamlarni" ko’rib chiqadi.
Sammit tashkilotchilari Ukrainani NATOga yetaklaydigan yo'lni "o’zgarmas va qat’iy" deb ifodalaydigan yakuniy deklaratsiyani qabul qilishi kutilmpoqda.
AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Duglas Jounsning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Vashington sammitiga NATOga a’zo bo‘lmagan 35 hamkor davlat tashqi ishlar vazirlari ham taklif etilgan.
Taniqli ishtirokchilar orasida Isroil, Misr, Iordaniya, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirlari bor.
Ketma-ket uchinchi marta o’tkazilayotgan sammitda NATOga a'zo bo'lgan 32 davlat rahbarlari Hind-Tinch okeani mintaqasidagi sherik davlatlar - Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yangi Zelandiya yetakchilari bilan muzokaralar olib boradi.
Jounsning so‘zlariga ko‘ra, kun tartibidagi asosiy masalalardan biri ittifoqchilarning Xitoydan kelayotgan tahdidlarga qarshi birdamligini kuchaytirishdir. Biroq Tokioda Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yangi Zelandiya bilan hamkorlikni kuchaytiruvchi NATO aloqa markazini tashkil etish hozirda “faol muhokama qilinmayapti”, deya qoshimcha qildi u.
Buni ham ko'ring Rossiya-Shimoliy Koreya shartnomasi yashirin harbiy hamkorlikni yuzaga chiqardiQuyida AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Duglas Jouns bilan bo’lgan intervyuning ayrim qismlarini havola qilamiz.
Amerika Ovozi: Seshanba kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kiyevga tashrif buyurib, Prezident Vladimir Zelenskiyni Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu NATOdagi bo'linishni anglatmaydimi? Orbanning Ukrainaga tashrifiga AQShning nuqtai nazari qanday?
Duglas Jouns: Bosh vazir Orbanning Ukrainaga tashrif buyurgani yaxshi. Jangni to’xtatish g'oyasiga kelsak, bu qarorlarni Ukrainaning o’zi qabul qilishi kerak. Biz har doim: “Ukrainasiz Ukraina haqida hech narsa bo’lmaydi”, - deganmiz. Ukraina urushni qachon to’xtatishni va tinchlik bitimining shartlari qanday bo'lishi kerakligini o’zi hal qilishi kerak.
Amerika Ovozi: NATOga o'tamiz. Kun tartibidagi asosiy masalalar qanday? Isroil va Arab mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari NATO sammitiga taklif qilinganmi?
Buni ham ko'ring Putinning Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan shartlariDuglas Jouns: Biz NATOning holati haqida gaplashamiz. Bu sammit, asosan, kelajak haqida: NATOning qay tarzda kelajakdagi muammolarni hal qilish uchun o'zgarishi va moslashib borishi muhokama qilinadi.
Sammitda Ukrainaning Rossiya tajovuziga qarshi mudofaasini qo'llab-quvvatlash, Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan keladigan tahdidlar va muammolarga qarshi ittifoqchilarning barqarorligini mustahkamlashda hamkorlar bilan ishlash, shuningdek, gibrid va kiber tahdidlarga qarshi kurashish kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.
NATO keng hamkorlik tarmog'iga ega. Dunyoda NATO bilan rasmiy hamkorlik aloqalariga ega 35 davlat mavjud. Ularning barchasi tashqi ishlar vazirlari darajasida, jumladan, Isroil va Yaqin Sharqdagi ko'plab mamlakatlardan ham qatnashish uchun taklif qilinadi.
Amerika Ovozi: NATO sammitida Zelenskiyning ishtirok etishi kutilmoqda. AQSh Ukrainaning NATOga a'zo bo'lish yo'lini qat’iy deb biladimi? AQSh va uning ittifoqchilari buni NATOning qo'shma bayonotiga kiritish ustida ishlayaptimi?
Duglas Jouns: Qo'shma Shtatlar va barcha NATO ittifoqchilari Ukraina kelajagi NATOda ekanligini e'lon qildi. Ushbu sammitda biz NATO Ukrainaga Rossiya agressiyasidan o'zini himoya qilish, Rossiyani to'xtatib turish uchun kelajakdagi kuchlarni yaratish va NATOga a'zolikka kuchli nomzod bo'lishi uchun zarur bo'lgan islohotlarni amalga oshirishda yordam berishning aniq yo'llarini belgilaymiz.
Biz buni NATOga a'zo bo'lish uchun ko'prik deb ataymiz. Sammitda biz yubormoqchi bo'lgan yordam haqiqatan ham Ukrainaning NATOga a'zo bo'lish yo'lini tezlashtirishga yordam beradi.
Amerika Ovozi: Bu ko’prik mustahkammi?
Duglas Jouns: Deklaratsiya matni hali ham NATO ittifoqchilari tomonidan muzokara qilinmoqda. Alyans esa allaqachon Ukraina NATOga a'zo bo'lishini aytgan.
Amerika Ovozi: NATOning Hind-Tinch okeani strategiyasiga to’xtalsak, Tokioda NATO aloqa idorasini ochish rejasi haqida bizga gapirib bera olasizmi?
Jones: NATOning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlari — Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya — davlat va hukumat rahbarlari sammitda ishtirok etadi. Sammitning atigi uchta asosiy uchrashuvi bo'ladi, ulardan biri NATOning barcha 32 ittifoqchisi davlat rahbarlari ushbu Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlar bilan uchrashganda bo'ladi. Bu ketma-ket uchinchi sammit.
Buni ham ko'ring Qo'mondonlar: NATO Rossiya tahdidiga tayyor turishi kerakVa bunga sabab ittifoqchilar tobora ko'proq Yevro-Atlantika va Hind-Tinch okeani hududlaridagi xavfsizlik o'rtasidagi bog'liqliklarni tan olayotganliklaridir.
Ukraina - transatlantik xavfsizlikka eng katta tahdid mavjud bo'lgan 1-raqamli misoldir, chunki Rossiya Xitoy va KXDR yordamidan kuch olmoqda.
Amerika Ovozi: Tokioda NATO vakolatxonasi bo'ladimi yoki bunday reja noma'lum muddatga qoldirildimi?
Jones: Bu hozirda alyans doirasida faol muhokama qilinmayapti.
Amerika Ovozi: NATO sammitidan Rossiya-Shimoliy Koreya o'zaro mudofaa paktining oqibatlari haqida nima kutish mumkin?
Jones: Rossiya Ukrainaga qarshi hujum va tajovuzini davom ettirish maqsadida KXDRdan qurol izlamoqda. Aloqalari juda chuqur. Shu sababli NATOning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlari rahbarlari sammitda bo'lishadi: umumiy xavfsizlik muammolarini hal qilishda qanday qilib bir-birimizdan o'rganishimiz va hamkorlik qilishimiz mumkinligi muhokama qilinadi.