Breaking News

NATOning yangi a'zosi Shvetsiya tashkilot mudofaasini kuchaytirmoqda


Shvetsiya o’zi va ittifoqchilari mudofaasiga shay
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:14 0:00

NATO alyansining yangi a’zosi Shvetsiya yaqinda Ukraina uchun uch yilga mo’ljallangan 7 milliard dollarlik yordam loyihasini e’lon qildi. Bu Rossiya tahdidi oshib borayotgan bir manzarada kuzatilmoqda. “Amerika ovozi” Shvetsiyadagi Kvarn harbiy bazasida bo’ldi.

Shvetsiyadagi Kvarn harbiy bazasida amerikalik va shvetsiyalik harbiylar shahar ichkarisida jang qilish bo’yicha o’z mahoratlarini oshirishmoqda. Bu simulyatsiyada amerikaliklar soldatlar shved harbiylari ijrosidagi rus armiyasi ishg’ol qilgan shaharni ozod qilishadi.

Yohan Strom – Shvetsiya qurolli kuchlari mayori, Kvarnda shahar sharoitida harbiy amaliyotlar o’tkazish bo’yicha tuzilgan jangovar tayyorgarlik markazi rahbari. Uning aytishicha, bu yer Yevropadagi eng ilg’or markazlardan, lazer tizimi, videokameralar bilan jihozlangan.

“Obyektning o’ziga xosligi shundaki, bu yerdagi har bir bino biz modellashtirgan tizimda ishtirok etadi”, - deydi u.

Mana bu maydon 10 yil avval, turli harbiy realliklardagi jang mashg’ulotlarini o’tash uchun qurilgan. Stromning aytishicha, Rossiyaning Ukrainadagi urushi shved harbiylarini ham o’z tayyorgarligini kuchaytirishga majbur qildi.

“Ukrainadagi urush 2014-yildan buyon davom etmoqda. Yevropa, butun dunyo, Shvetsiya ham hozirlikka zo’r bermoqda”, - deydi u.

Shvetsiya qudrati ramziga aylangan suv osti kemalari Boltiq dengizining Rossiya va NATO uchun o’ta muhim havzasini qo’riqlaydi
Shvetsiya qudrati ramziga aylangan suv osti kemalari Boltiq dengizining Rossiya va NATO uchun o’ta muhim havzasini qo’riqlaydi

Shvetsiya mintaqadagi eng kuchli armiyalardan biriga ega. Kvarndagi harbiy baza komandiri, podpolkovnik Ola Sandbergning aytishicha, mamlakat tarixiy sabablarga ko’ra harbiy qudratini kuchaytirib kelgan, muntazam ravishda jangovar tayyorgarlik, malaka oshirilishini muhim deb hisoblaydi.

“Shvetsiya sovuq urush davridan NATOga a’zo bo’lmagani, biror harbiy ittifoqlarga qo’shilmagani, shuningdek, neytral maqomda ekanligi uchun ham o’zini himoya qilish uchun o’z harbiy qudratini oshirishi, uni ta’minlash uchun kuchli harbiy sanoat kompleksini yaratishi lozim edi”, - deydi Sandberg.

Shvetsiya NATOga a’zo bo’lgach, bu yil yalpi ichki mahsulotining 2 foizini mudofaaga sarflamoqchi. Bu mablag’ NATO harbiy dengiz floti va havo kuchlari qudratini mustahkamlash, alyansning Arktikaga kirishi, Boltiq dengizi ustidan nazorat o’rnatishiga sarflanadi.

Batalyon komandiri, podpolkovnik Liridona Dautining aytishicha, shved harbiylari texnologik rivojlanishdan tashqari chaqiruvning gender-neytral tizimi joriy etilishidan ham yutadi.

17 dan 47 yoshgacha bo’lgan 4 millionga yaqin shvedlar, erkaklar va ayollar deyarli teng ravishda, xizmatga layoqatli hisoblanadi.

“Jinslar o’rtasida hech qanday farq qilinmaydi, bu shved armiyasining kuchli tomonlaridan biri. Sizning qanday jinsda ekanligingiz muhim emas. Muhimi, qanday vazifani bajarishingiz”, - deydi Dauti.

Uch nafar o’g’il onasi, to’rtinchi farzandini kutayotgan ofitser ayol Rossiyaning Ukrainaga urushi Yevropadagi xavfsizlik vaziyatini tezda o’zgartirgani, bundan xavotirda ekanligini bildiradi.

U o’zining uch o’g’li harbiy bo’lishi ehtimoli yaqinligini, ammo bugun vatani kelgusida urushda qatnashmasligi uchun qo’ldan kelgan hammasini qilayotganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG