Ukrainada aholi muqobil energiya manbalaridan foydalanishga o’tmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Ukrainada elektr-energiyasi tizimi ishdan chiqqan. Har kuni uzilishlar ro’y beradi. Ko'p qavatli turar-joy binolari uchun bu katta muammo. Suv, issiqlik yetkazib beradigan nasoslar elektr energiyasida ishlaydi. Aholi quyosh panellari, akkumulyator stansiyalari va generatorlar kabi muqobil manbalardan foydalanishga o’tmoqda.

Alina Bezkrovna Kiyevdagi zamonaviy turar-joy binolaridan birida yashaydi. Uning so'zlariga ko'ra, sharoit yaxshi. Faqat elektr energiyasida uzilishlar yuz beradi.

“12-qavatda yashayman. Liftlar ishlamaydi. Ovqat tayyorlab ham bo’lmaydi. Elektr plita!”, - deydi Alina.

Qattiq issiq va energiya infratuzilmasining doimiy ravishda o'qqa tutilishi natijasida yozda elektr energiyasi ta’minotida har kuni uzilishlar kuzatildi.

Odamlar qishda undan ham qiyin bo’lishini aytmoqda.

Buni ham ko'ring Amerikalik ko'ngillilar Ukrainada nima qilyapti?

“Og’ir qishga tayyorlanyapmiz. Rossiya hujumlari energiya tizimlarimizni vayron qildi. Qishda kuniga 16-18 soatlab elektr energiyasi bo‘lmasligi mumkin”, - deydi Kiyev xususiy uylar uyushmasi vakili.

Ko'p qavatli turar-joy binolari uchun bu katta muammo. Suv, issiqlik yetkazib beradigan nasoslar elektr energiyasida ishlaydi.

Uyimiz aholisi invertor generatorlar va akkumulyator sotib oldi. Bu akkumulyatorlar bilan to‘rt soat elektr energiyasisiz ishlashimiz mumkin”, - deydi Alina.

Shu sabab Kiyevda shahar ma’muriyati yordami bilan ba’zi turar-joy binolarida aholi allaqachon qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalana boshlagan.

“Kiyevda biz “30 uchun 70” deb ataydigan dastur yo’lga qo’yilgan. Loyiha qiymatining 30 foizi rezidentning hissasiga to’gri keladi. Qolgan 70 foizini shahar beradi", - deydi Petrenko.

Buni ham ko'ring Urushdan zarar ko’rgan Ukraina shaharlari gullar bilan burkanmoqda

Kiyevdagi yana bir turar-joy binosi yetakchisi Stanislav Donsov ham shu dasturda ishtirok etib, quyosh panellari uchun mablag' olgan.

“Bu quyosh elektr stansiyamizning ikkinchi bosqichidir. 36 ta panel. Bu bizga elektr to'lovlarini tejashga yordam beradi. Shuningdek, suv nasoslari, podval yoritgichlari va videokuzatuvlarni quvvatlantirish uchun muqobil manbamiz bor”, - deydi u.

Aholi quyosh stansiyasining birinchi qismini o‘tgan yili sotib olib, o‘rnatgan edi. Elektr energiyasi bo'lmasa ham, suv, issiqlik va internet bo’ldi.

“Hozirda 2,8 kilovatt quvvat bor. Quyosh esa 2,6 kilovatt beradi. 320 vatni batareyalardan olamiz. O’zimizga yetadi. Umumiy tarmoqdan hech narsa olmaymiz”, - deydi Donsov.

Kiyevda 18 mingga yaqin turar-joy binolari bor. Hozircha faqat 400 tasi qishga tayyorgarlik ko'rmoqda.