AQSh kollejlari uchun qabul imtihonlari kerakmi?

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

COVID-19 pandemiyasi butun dunyo boʻylab oʻrta maktab oʻquvchilariga oliy ta’limga kirish uchun kerak bo’ladigan SAT imtihonini topshirishni imkonsiz holatga keltirdi. Bunga javoban, kirish uchun imtihon talab qiladigan AQSh kollejlari va universitetlari testni ixtiyoriy qildi. Pandemiya ortda qoldi; endi oliy o’quv yurtlari yana SAT talab qilishni boshlamoqda.

Ko'plab kollej va universitetlar 2025-yilning kuzida boshlanadigan o'qish uchun SAT imtihonini talab qilishni boshladi. Yel va Garvard kabi nufuzli universitetlar ham shu yo’ldan bormoqda.

Qariyb bir asrdan beri SATni boshqarib kelayotgan notijorat tashkilot vakili Priskilla Rodriges o’zgarishlarni yaqindan kuzatib bormoqda.

“Ularning bir qanchasi oʻz eʼlonlarida qayd etishicha, SAT yoki ACT ballidan foydalanish yanada xilma-xil talabalarni aniqlash, topish va roʻyxatdan oʻtkazishga yordam bergan”, - deydi u.

Standartlashtirilgan sinov tanqidchilarining ta'kidlashicha, SAT nuqsonli tizim va tadqiqotlarda uning irq, jins va daromadga qarab odam ajratishini ko’rsatgan.

“Ular oʻz maʼlumotlarini koʻrib chiqishimiz uchun bizga bermayapti. Federal hukumatga bergan hisobotidagi ma'lumotlarga asoslanib, mening jamoam savollarimizga javob topa olmadik. Menda bu nomutanosibliklar haqida savollar bor”, - deydi huquqshunos Oyan Pun.

Buni ham ko'ring Nega AQShda talabalar jamoat kollejlarini afzal ko'rmoqda

2023-yilda AQSh Oliy sudi o’quv yurtlari qabul jarayonida irqni hisobga olmaslik haqida qaror chiqardi. Tanqidchilarning ta'kidlashicha, ushbu qaror va SAT talabi oliy ta'limdagi xilma-xillikka to'sqinlik qiladi.

Shunga qaramay, “Fairtest” tadqiqot tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, akkreditatsiyadan o'tgan oliy o’quv yurtlarining 80 foizi SATni ixtiyoriy qilib qo'ygan yoki umuman test talablari yo'q.

AQShda 3000 ga yaqin to'rt yillik akkreditatsiyadan o'tgan kollejlar bor.

Kolumbiya, Stenford va Prinston universitetlari kabi ba'zi nufuzli dargohlarda test hanuz ixtiyoriy bo'lib qolmoqda. Kaliforniya universitetining 10 ta kampusi ham SAT talab qilmaydi.

"Agar SAT va ACT sizni eng ko'p asabiylashtirayotgan bo'lsa, ular boshqarish mumkin bo’lgan imtihonlar. Ular mukammal emas, qanday topshirishni o’rgansa bo’ladi. Va ular sizning qanchalik aqlli ekanligingizni tekshirmaydi, aksincha, o'sha paytda bu imtihonni qanchalik yaxshi topshira olishingizni aniqlaydi, xolos”, - deydi tahlilchi Rob Franek.

Imtihonni boshqaruvchi tashkilot to’ldirish uch soat vaqt talab qiladigan eski SAT imtihonini bosqichma-bosqich bekor qildi. 2024-yil bahoridan boshlab test endi qisqaroq va toʻliq raqamli shaklga o’tgan; xalqaro va AQShlik talabalar uni kompyuterda topshirishlari mumkin.

Buni ham ko'ring Amerika harbiy akademiyalarida o’qish bepul ekanini bilasizmi?

Test bo’yicha talabalarning qarashlari turlicha.

"Menimcha, SAT ixtiyoriy bo'lishi kerak, chunki turli xil iste'dodga ega odamlar ko'p va SAT sizni faqat o'qish va matematikadan sinaydi. Demak, SAT qandaydir tor doiradagi yondashuv”, - deydi floridalik o’quvchi.

“Menimcha, undan foydalansa bo’ladi. Uni muhim deydiganlar ham, muhim emas deb hisoblovchilar ham bor. Balki bu qaysi sohada o’qishingiz yoki hayotingizda nima qilmoqchiligingi bilan bog’liqdir", - deydi yana bir yuqori sinf o’quvchisi.