Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchilar Donald Trampning prezidentlik davrida bu sohadagi o'sish davom etishiga umid qilmoqda. Ayniqsa, “Tesla” rahbari Ilon Mask uning asosiy maslahatchilaridan biri bo’lgani ijobiy qabul qilinmoqda.
Prezidentlik kampaniyasi davomida Donald Tramp Jo Baydenni elektr avtomobillarni qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qilgan edi.
“U elektr avtomobillarni majburiy qilishni xohlaydi, bu esa Amerika avtomobil sanoatining o‘limiga olib keladi”, - degan edi u.
Kampaniyasining oxirgi oyida Tramp elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi Ilon Maskdan katta yordam oldi.
“U avlodlar davomida birinchi yirik Amerika avtomobil kompaniyasini yaratdi. Uning raketa kompaniyasi tufayli Amerika kosmonavtlarini kosmosga chiqarish imkoniyati paydo bo’ldi. Davom et, Ilon”, - dedi Tramp.
Tramp g‘alabasidan so‘ng, Mask yangi hukumatga qo‘shilish va samaradorlikni oshirishga yordam berishga rozilik bildirdi.
Buni ham ko'ring Tramp iqlim o'zgarishiga qarshi qabul qilingan qonun va choralarni bekor qilmoqchiShuningdek, saylov kunidan beri “Tesla” kompaniyasining aksiyalar narxi 80 foizdan oshdi va ikki yil ichida birinchi marta 1,5 trillion dollardan ortiq bozor qiymatiga ega bo’ldi.
“Tesla” rahbari ishtirokidagi Tramp jamoasidan elektr avtomobil ishlab chiqaruvchilari nimalarni kutmoqda?
“Ilonning u yerda ekanligi va prezident uning maslahatlarini jiddiy qabul qilayotgani juda ajoyib. Bu nafaqat elektr avtomobillar, balki butun Amerika sanoati uchun turtki bo‘ladi. Bizning maqsadimiz xorijiy raqobat tahdidi oldida yanada raqobatbardosh bo‘lishdir”, - deydi “Drako” kompaniyasi vitse-prezidenti Shiv Sikand.
Tramp import bojlarini joriy qilishga va’da bergani sababli, AQShda ishlab chiqarilgan elektr avtomobillar yanada raqobatbardosh bo‘lishi mumkin.
Janubiy Koreyaning “Hyundai” avtomobil kompaniyasi “IONIQ 9” elektromobilini AQShning Jorjiya shtatida quradi, deydi kompaniya vakili Maylz Jonson.
“IONIQ 9” shu yerda ishlab chiqariladi. Jorjiyada batareya bo‘yicha ikkita qo‘shma zavod ham quriladi. Batareyalar AQSh bozoridan olinadi, avtomobillar ham AQSh bozorida ishlab chiqariladi”, - deya qo’shimcha qiladi u.
Buni ham ko'ring AQShda toza energiya sanoati qanday rivojlanyapti?Tramp elektromobil xaridorlari uchun 7500 dollarlik federal soliq imtiyozini bekor qilishi mumkin. “AMPure” quvvatlash tizimlari vakili Jon Tomas bu jarayonni bozorning tabiiy rivoji sifatida ko‘rmoqda.
“Umid qilamanki, biror narsani abadiy rag‘batlantirish kerak emas. Rag‘bat bu sohani rivojlantirishni boshlaydi, so‘ngra asta-sekin orqaga tortadi. Buni biz Yevropada ham ko‘rdik”, - deydi u.
“Kelley Blue Book” avtomobil qo‘llanmasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili AQShda 1,2 million elektr avtomobil sotilgan bo‘lib, bu AQSh avtomobil bozorining 7 foizidan ortig‘ini tashkil etadi.