O'zbekiston-AQSh: Kennedi markazida madaniy diplomatiya
Your browser doesn’t support HTML5
8-fevral kuni AQSh poytaxtida o'zbek navolari yangradi. Kennedi san'at saroyidagi konsert - O'zbekiston elchixonasi tashabbusi. Milliy va mumtoz musiqiy dasturni Toshkentdan kelgan 12 a'zolik guruh taqdim etdi. O'tgan chorak asr mobaynida respublikadan hech kim Kennedi sahnasiga chiqmagan edi.