Bryusselda NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirokida o’tgan sammitda, Afg’onistonda tinchlikni ta’minlash uchun mamlakatning notinch hisoblangan janubida NATO kuchlarini kengaytirish rejasi ma’qullandi. O`zbekistonlik kuzatuvchilar bu qarorning tahdidni janubdan, Afg`onistondan kutayotgan O`zbekiston uchun ham manfaatli ekanligini aytishadi, biroq shu bilan bir qatorda rasmiy Toshkentning NATO bilan hamkorligi tobora susayayotganini e’tirof etimoqda.
Uchrashuvda so’z olgan NATO Bosh kotibi Yaap de Xup Sxefferning bildirishicha, kelasi yili alyans Afg’onistondagi 9500 nafar tinchlikparvar kuchlariga qo’shimcha ravishda yana 6000 nafar askarini jo’natadi va bu bilan mamlakatning to’rtdan uch qismini o’z nazorati ostiga oladi. “-Ular aziyat chekayotgan afgo’n xalqiga tinchlik olib keladilar. Ular, shuningdek, mamlakatda terrorizm qayta urug’ otmasligiga va afg’on zaminidan Tolibon rejimi singari terror uyasidek foydalanib, butun dunyoga xavf solmasligiga ma’sul bo’ladilar”, dedi janob Sxeffer.
Janubga ko’chish NATO kuchlariga Tolibon qoldiqlari xujum qilgan taqdirda o’z-o’zini himoya qilish uchun va ularning mazkur viloyatlarda isyonchilarga qarshi kurash olib borayotgan AQSh askarlari ko’magiga tayanishlari uchun ham yaxshi imkoniyatlar yaratadi.
Alyansning qo’shimcha kuchlari hisobiga viloyatlardagi tiklanish ishlari bilan shug’ullunayotgan guruhlar soni, hamda Afg’oniston hukumati boshqaruvini chekka hududlarda ham ta’minlashga yordam beradigan harbiy va fuqarolardan tashkil topgan qo’shma guruhlar soni to’qqiztadan o’n uchtagacha oshadi.
AQSh Davlat kotibi Kondoliza Raysga ko’ra, NATO operatsiyalarining kengaytirilishi alyansning Afg’onistonda tinchlikni o’rnatish uchun olgan ma’suliyatlariga rioya qilayotganligidan dalolatdir. “- Shuni ta’kidlab o’tmoqchimanki, NATO Afg’onistonga uning mudofaa tizimini isloh qilish va kuchaytirishga yordam berish uchun xavfsizlik borasida hamkorlik va qayta tayyorgarlikdan o’tkazish bo’yicha uzoq muddatli dasturga asoslanib ishlashga tayyor”, dedi Kondoliza Rays.
NATO ga a’zo Britaniya, Kanada, va Niderlandiya mazkur rejani qo’llab-quvvatlashlarini bildirdilar. NATOning qo’shimcha kuchlari Afg’onistonga kelasi yilning may oyigacha kirib boradilar.
O’zbekistonning NATO bilan harbiy hamkorligi O’zbekiston harbiylarining tinchlik korpusi harbiy maqshqlarida ishtirok etish va boshqa nazariy, texnikaviy yordamlar tarzida davom etib kelayotgan edi. Biroq avvaliga O’zbekiston tinchlik korpusi harbiy maqshlarida ishtirok etishdan bosh tortgan bo`lsa, keyinchalik Afg’onistondagi aksilterror operatsiyasida qatnashayotgan NATO habiy kuchlarini O’zbekiston hududidan o’tishini taqiqlash haqidagi hukumat qarori aloqalarni yanada sovuqlashtirgan.
Ayrim kuzatuvchilarga ko’ra buning geosiyosiy sababalri ham bo’lishi mumkin, yani hozirda ko’roq Rossiya ta’iriga tushib qolgan O’zbekistonning tashqi xavfsizlik bo’icha hamkorlik qilishdagi mustaqil siyosati biroz chegaralangan. O’zbekiston rasmiylari hamisha milliy xavfsizlikka tahdid asosan janubdan kelayotganiga urg’u berishadi, kuzatuvchilarga ko’ra aynan shuning uchun ham O’zbekiston Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi faoliyatini kengayatirayotgan NATO bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi kerak edi.
Mustaqil siyosatshunoslardan biri Farxod Tolipov, rasmiy Toshkent tomonidan yuritilayotgan siyosatga shunday baho beradi: “-O’zbekiston tashqi siyosatini borgan sari tushunish qiyin bo’lib borayapti, chunki aniq strategik maqsadlar yo’nalishidan qilingan tadqiqotlar va amaliyotdagi siyosat bir-biriga mos tushmaydi. NATO samolyotlari uchun O’zbekiston hududlarining berkitilishiga, xuddi AQSh qo’shinlarining Xonoboddan chiqarilishi kabi, asoslar yo’q edi deb hisoblayman.”
Afg’onistonda tinchlik bo’lishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun juda muhim, shu nuqtai nazardan bu jarayonga ularning imkon qadar o’z hissalari kiritilishi kerak. Biroq O’zbekiston va NATO o’rtasidagi aloqalar buning teskarisini ko’rsatmoqda.