Xitoy bilan hamkorlikda yangi neft quvurini ishga tushirar ekan, Qozog’iston uchun o’z neftini sharq tomon bundanda ko’proq hajmda sotish imkoni paydo bo’ldi. Qozog’iston rasmiylariga ko’ra, neft ishlab chiqarish miqdori uch baravariga oshirilishi mumkin. Avvali Qozog’iston tassarufida Rossiya bilan bog'langan yagona quvur mavjud edi. Hozirda esa yangi quvur neftni Xitoy orqali eksport qilish imkoniyatini beradi.
“Bizning asosiy maqsadimiz ko’p tarmoqli neft quvurlariga ega bo’lish, qancha ko’p quvur bo’lsa, Qozog’iston uchun shucnha foydali”, dedi Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Qosimjo’mart Tokayev.
Markaziy Osiyodan boshqa xabarlar: 13 mart
QIRG’IZISTON - Qirg’izistonning Favqulodda vaziyatlar bo’yicha vazirligining 10 nafar qutqaruvchisi AQSh Davlat departamentining 2006 yildagi “Chegara xavfsizligi va nazorati” dasturi bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tadi.
Vazirlik matbuot xizmatiga ko’ra, mazkur dastur doirasida, AQSh chegara nazorati Qirg’iziston tomoniga radioaktiv va xavfli jismlarni aniqlashda yordam beruvchi maxsus jihozlarni ham hadya qiladi.
O’ZBEKISTON - Avstriyaning “SEID Xandelsgesselshaft” kompaniyasi O’zbekistonning “Xorazm-Shakar”, rafinad-zavodining 99.43 foiz aktsiyasini qo’lga kiritdi. Shakarni qayta ishlovchi zavod ulushi Davlat mulk qo’mitasi tomonidan 17.6 million dollarga sotildi. Mazkur zavod avvaliga qand lavlagidan shakar ishlab chiqarishga mo’ljallangan edi. Biroq, lavlagi hosili yetarlicha bo’lmagach 2002 yilga borib, shakarni qayta ishlab chiqaruvchi rafinad-zavodiga aylantirildi. Ko’rsatkichlarga ko’ra, O’zbekistonda har yili 630 ming tonna shakar iste’mol qilinadi.