Mahalliy tashkilotlarga ko’ra, O’zbekistonda inson huquqlari foallariga nisbatan ta’qib-tazyiq oshib bormoqda.
Qashqadaryolik inson huquqlari faoli Yodgor Turlibekov 16 iyun kuni uyida o`ttizga yaqin huquq-tartibot xodimlari tomonidan hibsga olingan. Hibs jarayonida inson huquqlari faolining uyi tintuv qilingan, unga tegishli buyumlar musodara qilingan, musodora qilingan narsalar ro`yxati qoldirilmagan.
O`zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi raisi Surat Ikromovga ko`ra ayni paytda Yodgor Turlibekov ishi bilan shug’ullanish uchun advokat tayinlangan, 72 soat davomida unga nisbatan rasman ayblob e`lon qilinishi kerak yoki u qo`yib yuborilishi kerak.
Surat Ikromovga ko`ra, Yodgor Turlibekov unga nisbatan bo`layotgan bosimlar haqida hibsga olinishidan avval ham ma`lumot bergan.
“Avval shunday bosimlar oqibatida Toshkentga kelib bizni ofisda yashirinib yurgan edi, O`zbekistondan chiqib ketish haqida ham o`ylayotgandi. Men uni yoshingiz 70ga bordi, sizga hech narsa bo`lmasa kerak deb tinchlantirganimdan so`ng, uyiga qaytib ketgandi. Hozir uni hibsga olishlariga nima sabab bo`lgani aniq emas. Advokat hozir shu`gullanayapti, ishni boshlashi kerak, keyin ayon bo`ladi”, - deydi Surat Ikromov.
O`zbekiston inson huquqlari jamiyatining Jizzax viloyati bo`limi rahbari Baxtiyor Hamroyevga ko`ra, inson huquqlari himoyachilariga ko`rsatilayotgan bosimlar O`zbekistonda yaqinlashayotgan saylov jarayonlari bilan ham bo`g`liq bo`lishi mumkin.
“15 iyun kuni Sirdaryodan inson huquqlari faollari A’zamjon Farmonov va Alisher Karamatovlar ustidan hukm o`qildi. Ular to’qqiz yildan qamoq jazosiga hukm qilindi. Biz bu ayblovlarni buyurtma asosida O`zbekistonda kutilayotgan prezidentlik saylovlari arafasida ochiq gapirishi mumkin bo`lgan kishilarga ko`rsatilayotgan davomli bosim sifatida baholaymiz. Endi esa Yodgor Turlibekov hibsga olindi”, - deydi Baxtiyor Hamroyev.
A’zamjon Farmonov va Alisher Karamatovlar tovlamachilik y`oli bilan pul undurishda ayblangan edi.
Yodgor Turlibekovga nisbatan rasman ayblov e`lon qilinganicha yo`q. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, uni yo`lg`on xabar tarqatishda ayblashlari mumkin.