Rossiya yadroviy arsenalini yangilash harakatida

Rossiya terrorizmga qarshi kurashning bir qismi sifatida, o'z strategik qurol-aslahalarini yangilashni boshlaydi.

Prezident Dmitriy Medvedev bugun bu borada bayon qilgan. Bu harakatning yana bir sababi, deydi Medvedev, NATOning sharq tomon, ya'ni Rossiya tomon kengayishga urinayotganidir.

2011 yilda boshlanadigan va "qayta qurollanish" deya atalayotgan jarayonda asosiy diqqat yadroviy qurollarga qaratiladi.

"Arsenalimizni yangilash uchun mablag' yetarli",-deydi prezident.

Kreml nazarida AQShning Polsha va Chexiyada yangi mudofaa tizimlari o'rnatish rejasi ham Rossiyaga nisbatan tahdid.

"Mamlakat tegishli javob berishga tayyor turmog'i lozim",- deydi Medvedev.

Siyosatdonlar fikricha Vashington-Moskva munosabatlari iliqlashadi deya umid qilinayotgan bir paytda bugungi bayonot tomonlarni yanada uzoqlashtiradi.