Qirg’iziston janubida yashayotgan Qurbanbek Bakiyev bugungi chiqishida muvaqqat hukumatni matbuot erkinligiga e’tibor bermayotganlikda ayblagan.
Prezident fikricha uning tarafdorlarining fikr-mulohazalari deyarli yoritilmayapti.
“Agar bular chin demokrat bo’lsa, nega Qirg’iziston telekompaniyasi orqali faqat bir tomonning ma’lumotini uzatmoqda? Nima uchun Jaloloboddagi mitingni yoritishmayapti”, - deya shikoyat qiladi Bakiyev.
Biroq
o'tgan ikki yil Qirg’izistonda matbuot uchun juda qiyin davr bo'ldi.
Jurnalistlar ta’qib qilindi. Matbuotchilar orasida qo’rquv hissi avj
olgan edi. Axborot vositalarining erkinligi cheklandi, bir nechasi
yopilib ham ketdi.
O’tgan hafta davlat to’natarishidan so’ng xalqaro radiostansiyalar – “Bi-Bi-Si” va “Ozodlik” yana efirga chiqa boshladi. Bakiyev rahbariyati bosimi bilan ular yaqinda efirdan olingan edi.
Hozirda internetga kirib xabar olish ham osonlashgan. Bakiyev paytida turli to’siqlar qo’yilgan edi.
<!-- IMAGE -->Ammo bugun davlat matbuotida faqat muvaqqat rahbariyat faoliyati yoritilmoqda. Bakiyev va uning tarafdorlarining chiqishlariga e'tibor yo'q. Ular haqida faqat xorijiy vositalar gapirmoqda.
O’sh va Jaloloboddagi o’zbek jamoasi siyosiy inqiroz haqida ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirib, jamoatchilikni yakdillikka da’vat etmoqda.
Jalolobod O’zbeklar jamiyati rahbari Qodirjon Botirov deydiki:
“Bugun to’g’ri masalalar o’rtaga qo’yilmoqda. Bugun biz erkin, demokratik davlat quramiz deyapmiz. Mana shu vaziyatda ayniqsa millatlararo vaziyatni o’nglash, elimizga bo’lgan ishonchni tiklash lozim”.