Afg'on hukumati Qatarda Tolibon vakolatxonasining ochilishiga qarshi emas

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay jangarilar bilan tinchlik muloqotini davom ettirish uchun Qatarda Tolibon vakolatxonasining ochilishiga qarshi emas.

Muloqotni imkon qadar Afg'onistonda qilgan ma'qul, ammo sharoit shuni taqozo etsa, Saudiya Arabistoni yoki Turkiyada ham uchrashishga rozimiz, ammo muzokaradan oldin jangarilar tinch aholiga qarshi zo'ravonlikni bas qilishi shart, deydi afg'on rasmiylari.

Shu hafta Afg'oniston sharqidagi xurujda NATOning uch zobiti halok bo'lgan. Ularning qaysi yurt fuqarolari ekani ma'lum emas. Yil boshidan beri mamlakatda 539 xorijiy askar nobud bo'lgan. Bu 2010-yilga qaraganda salkam 200 ga kam.

Xalqaro koalitsiya 2014-yil oxirigacha Afg'onistonni tark etishni mo'ljallar ekan, viloyat va shaharlar xavfsizligi sekin-asta mahalliy politsiya va armiya zimmasiga topshirilmoqda.