Bugun Kobul aeroportida portlash yuz berib, besh kishi jarohatlangan. AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis Afg'onistonda rahbarlar bilan uchrashar ekan, yordam to'xtamaydi va terrorizmga qarshi kurash yangi strategiya asosida yanada kuchayadi, deya va'da bergan.
Afg’onistonni 16 yildan beri qo’llab-quvvatlab kelayotgan AQSh afg’on havo kuchlarini sonini oshirmoqchi.
Your browser doesn’t support HTML5
AQSh havo kuchlari Markaziy qo'mondonligi kelgusi to’rt yilda Afg’om havo kuchlari soni uch baravarga oshirilishiga ta’kidlaydi.
“Biz Bagromdagi qiruvchi uchoqlar sonini 12 dan 16 tagacha ko’paytirdik. Afg'on havo kuchlari muhim rol o'ynashi kerak”, - deydi Markaziy qo'mondonlik rahbari general Jeffri Garrigian.
Afg’oniston Mudofaa vazirligiga ko’ra, havo kuchlari qobiliyatini oshirish bo’yicha amaliy qadamlar tashlangan. Ittifoqchi davlatlar qiruvchi va transport uchoqlar yordam berish borasida aytgan.
“Havo kuchlarida mavjud bo’limlar imkoniyatlarini oshirish va yangi siniflar tashikl qilish bo’yicha ishlar davom etayapti. Bularning barchasi to’rt yillik rejamizning asosiy masqlaridandir”,- deydi Mudofaa vazirligi so’zlovchisi general Davlat Vaziriy.
Harbiylar, xususan havo kuchlarining malakasini oshirish va ular sonini ko’paytirish yo’lida tashlanayotgan qadamlar mamalakatda xafvsizlikni yaxshilash uchun xizmat qiladi degan fikr keng tarqalgan.
Ekspertlar nazarida havo kuchlarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash armiya uchun juda ahamiyatlidir.
Sobiq harbiy Boz Muhammad Javhariyning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Afg’onistonda to’g’li hududlar ko’p bo’lgani uchun havo kuchlarini takomillashtirish muhim omildir.
Afg’oniston havo kuchlari umumiy qo’mondonligining bildirishicha, hozirgi kunda 140 nafar uchuvchi Amerika, Chexiya va Birlashgan Arab Amirliklarida ta’lim olmoqda. Yana 80 nafari Hidistonda malaka oshirish bilan band.
Afg’onistonni qayta tiklash jarayonini tekshiruvchi AQSh inspektorining 2016-yilda bergan ma’lumotiga ko’ra, mamlakat havo kuchlarida 83 ta tikuchar va qiruvchi samolyotlar mavjud.