Afg'onlar Shimoliy Irlandiya mojarosidan nima o'rgansa bo'ladi?

  • Amerika Ovozi

Smoke rises after what activists describe as barrel bombs are dropped by government forces in Daraya, near Damascus, Jan. 31, 2014.

AQShda chiqadigan New York Times gazetasining yoritishicha, Afg’onistonda 2014-yilning oxirigacha siyosiy murosa yo’li bilan urush yakunlanishi ehtimoldan yiroq. Ma’lumki, xalqaro qo’shinlar ikki yildan so’ng bu mamlakatni tark etadi. Ayni vaqtda ayrim siyosiy arboblar tinchlik o’rnatish bobida an’anaviy bo’lmagan tashabbuslar bilan chiqmoqda. Masalan, Afg’onistonda Shimoliy Irlandiya tajribasini qo’llash taklifi.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'onlar Shimoliy Irlandiya mojarosidan nima o'rgansa bo'ladi?/Shohruh Hamro


Bir qarashda, Shimoliy Irlandiya bilan Afg’oniston mojarosi o’rtasida o’xshashlik yo’qdek tuyuladi. Afg’onistonda Tolibon jangchilari NATO bazalariga tinimsiz hujumlar uyushtirayapti. 1980-90 yillarda Shimoliy Irlandiya va Britaniyada radikal yoshlar politsiya, armiya va siyosatchilarni nishonga olgan.

Shimoliy Irlandiyaning Britaniya parlamentidagi vakili Jeffri Donaldson ikki mamlakat tajriba almashishi kerak, deydi. Afg’onlarga o’z mamlakati haqida gapirib berish maqsadida u Kobulga yo’l oldi.

“Fikrimcha, odamlar Shimoliy Irlandiya tajribasi haqida ko’proq bilishni istaydi. Albatta, Shimoliy Irlandiyada olingan saboqlarni to’g’ridan-to’g’ri Afg’onistonda qo’llab bo’lmaydi. Ammo ikki mojaroning o’xshash taraflari ko’p, va bir-birimiz bilan tajriba almashishimiz kerak”, - deydi u.

Donaldson fikricha, irlandiyaliklar olgan eng muhim saboq – tinchlik o’rnatish jarayoniga barcha taraflarni, eng radikal va zo’ravon guruhlarni ham jalb etish lozim. Ya’ni ko’p qon to’kilishiga sabab bo’lgan Tolibonni ham.

“Shimoliy Irlandiyada tinchlik o’rnatish jarayoni endi boshlanganida men muvaffaqiyatga ishonmaganman. Afg’onistonda ham aholi orasida aynan shunday umidsizlik bor. Lekin mamlakatdagi vaziyatga qarab aytishim mumkin, muvaffaqiyatga erishish uchun barcha omillar mavjud”, - deydi qonunchi.

Ag’oniston bo’yicha ekspert Maykl Klark firkicha, haqiqatan ham taraflarni yaratshtirish va tinchlik o’rnatish imkoni bor.

“Toliblar orasida mo’tadilllari ham ko’p. Bundan darak berayotgan belgilarni ko’ryapmiz. Harakat bundan besh-olti yil avvalgiga qaraganda ancha o’zgargan. Albatta hozirda buni aniq aytish qiyin. Lekin tinchlik o’rnatish mumkinligiga umid bor, chunki Tolibon mamlakatda fuqaro urushi yana 20 yil davom etishini istamaydi. Ular bunday mas’uliyatni bo’yniga olgisi kelmaydi”.

Jeffri Donaldson deydiki, natijaga erishish uchun salohiyatli va qudratli hokimiyat barobarida barcha taraflar ishtiroki talab qilinadi. Va albatta vaqt va sabr-toqat kerak, deydi siyosatchi.