Afg'oniston sudi mart oyida 27 yoshli ayolni do'pposlab o'ldirganlik aybi bilan to'rt kishini o'limga mahkum etdi.
Tergov doirasida jami 49 odam, jumladan, 19 politsiyachi hibsda. Ular yo hujumni to'xtatmay qarab turganlik, yo kaltaklashda qatnashganlikda ayblanmoqda.
Hibsdagilardan yana sakkiz nafarini Kobul sudi 16 yilga qamadi.
Shu yilning 19-martida marhum ayol Farhunda Qur'onni yoqibdi, degan yolg'on xabarlar ketidan omma uni ayovsizlarcha kaltaklagan edi.
Internetga joylangan videoda odamlar Farhundani o'las qilib urgandan keyin, uni yana mashinada bosgan, so'ng yoqib yuborgan. Uning jasadi Kobul daryosiga tashlangan.
Voqea butun Afg'onistonda norozilik namoyishlariga turtki berib, Prezident Ashraf G'ani va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qoralandi.
Your browser doesn’t support HTML5