AQShning Arizona shtatida bir necha kishi, jumladan qonunchi ayol Gabriela Giffordsni nishonga olgan shaxs bugun sudga olib boriladi.
22 yoshli Jared Loffnerga qotillik va boshqa aybovlar qo’yilmoqda.
Vrachlarning aytishicha, Kongress a’zosi Gabriela Giffords boshidan o’q yegan, og’ir ahvolda, lekin yashab qolishiga umid bor.
“Miya jarohati o’ta jiddiy jarohat”, - deydi doktorlar.
“95 foiz hollarda bemor jon beradi. Qonunchi ayol bizni eshitayotgani, gaplarimizga imo-ishora bilan javob qilayotgani katta gap”, - deydi ular.
Shanba kuni Arizona shtatining Tuson shahrida, demokrat qonunchi fuqarolar bilan ko’rishayotgan payt bir kishi kirib odamlarni ota boshlagan.
Olti kishi, jumladan to’qqiz yoshli qizaloq, federal sudya va bir rasmiy halol bo’lgan. 14 odam jarohatlangan.
Jinoyatchi 22 yoshli Jared Loffner, deydi tergovchilar. U qurolini o’qlayotgan paytda ushlangan, hozir qamoqda.
Internetda YouTube sahifasida video joylagan Loffner hukumatni qattiq tanqid qilib, xalq ongini zaharlayotganlikda ayblagan.
Demokrat qonunchi Gabriela Giffords AQShda noqonuniy yashayotgan muhojirlarga imkoniyatlar yaratish kerak deb keladi.
Shuningdek, mamlakat bo’ylab keskin bahs-tortishuvga sabab bo’lgan sog’liqni saqlash tizimi islohotini yoqlagan arboblardan.
Arizonadagi idorasi bir necha bor hujumga uchragan.
2006 yildan beri Kongressda xizmat qilib kelayotgan Giffords xonim noyabrda qayta saylangan edi.