AQSh Fazo agentligi NASA “Artemida” dasturi doirasida Oy orbitasiga ekipajli missiya jo’natishni 2025-yilga qoldirdi. Jadval o’zgarishi avvalgi parvozda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xavfsizlikni yaxshilash bilan bog’liq. Astronavtlar treninglarni davom ettirmoqda.
“USS San Diego” kemasi jangovar zonalarga qo’shin va jihozlarni yetkazishga mo’ljallangan. Ekipaj a’zolari Tinch okeanidagi San-Diyego bazasida muntazam mashq qiladi.
Ammo kemadagilarning formasi va ulardagi yozuvlar ularga boshqa bir vazifa topshirilganidan dalolat. Hozirgi missiya urush zonalari bilan bog’liq emas.
“Bu missiyada qatnashish noyob imkoniyat”, - deydi leytenant Jekson Kotni.
U AQSh Harbiy-dengiz kuchlarida vertolyot uchuvchisi. Kotni “USS San Diego” kemasiga biriktirilgan bo’lib, “Artemida” missiyasi uchun qidiruv-qutqaruv ishlarini olib boradi.
Buni ham ko'ring Oy sari yo'lga chiqayotgan fazogirlar guruhiTinch okeanida o’tkazilgan so’nggi mashqlarda Kotni va yuzlab boshqa dengizchilar to’rt kishilik “Artemida 2” ekipaji bilan murakkab bir operatsiyaga tayyorgarlik ko’rishdi. Ya’ni “Orion” kapsulasi Yer atmosferasiga kirganidan keyin ekipaj a’zolarini suvdan chiqarib olish.
“Ekipaj qaytib kelganidan so’ng ustuvor vazifamiz – ularning sog’ligini tekshirish. Kapsuladan chiqarib, tezda tibbiy yordam ko’rsatamiz. Jihozlarni ham yig’ib olamiz”, - deydi kema komandiri Deyvid Volton.
Kotni avvalgi missiyada ham qatnashgan. U ekipajsiz kapsulani vertolyotda kuzatgan pilotlardan biri. “Orion” kapsulasi 2022-yilda parvozdan so’ng Tinch okeaniga kelib tushgan edi.
“Aviatorlar 1970-yillardan beri astronavtlarni qutqarish bilan shug’ullanadi”, - deydi Kotni.
Kristina Kuk – Oy atrofida uchishi kutilayotgan to’rt astronavtdan biri. Biz yarim asr oldin uchgan fazogirlar yo’lidan borishga tayyorlanayotganimiz yo’q, deydi u. Trening ularga yangi kosmik poygada qatnashishga yordam beradi. AQSh bu poygada yagona davlat emas.
“Yetakchilik qilamizmi yoki boshqalarga ergashamizmi? Tinch okeanidan to’rt kishini olib chiqishning turli usullarini sinab ko’rayapmiz, bir jamoa bo’lib ishlayapmiz. Yetakchilik qilishimiz menga ayon”, - deydi fazogir.
Leytenant Derek Pelatiyer va “USS San Diego” kemasining aksariyat ekipaj a’zolari insoniyat oxirgi marta Oyga yetib borganida hali tug’ilmagan edi. Ular biladiki, ushbu trening bir necha bosqichdan iborat “Artemida” programmasida kichik bir qadam xolos.
“Bundan keyingi qadam Mars va boshqa sayyoralar. Insoniyatni Oyga qayratishda bizning ham rolimiz borligini bilish biz uchun faxr”, - deydi leytenant.
Uch amerikalik va bir kanadalik astronavt taxminan 2025-yilning sentabrida Oy tomon parvoz qilishi mumkin. “Artemida 3”, ya’ni 2026-yilga belgilangan uchinchi bosqichda esa fazogirlarning Oyga qo’nishi rejalangan.