Bosniya, Serbiya vahobiylar xavfi haqida ogohlantirmoqda

  • Amerika Ovozi

28-oktabr kuni Sarayevoda AQSh elchixonasiga qarata o't ochgan shaxs. Politsiya uni nishonga olgan. Hozir qamoqda.

Kecha Bosniyada AQSh elchixonasiga hujum qilingan edi. Bugun qo’shni Serbiyada 15 kishi hibsga olingan. Ular radikal guruh a’zolari, deydi bu davlat politsiyasi.

Sarayevoda Amerika elchixonasi qo’riqchisiga o’q uzgan shaxs Mavlud Jasarevichning o’zi ham jarohatlangan edi.

Undan olingan ma’lumotlarga asoslangan holda Serbiyaning uch shahrida reydlar olib borilib, vahobiylar oqimiga kirgan odamlar ushlandi, deydi bu mamlakat rasmiylari.

Bosniyada ko’pchilik musulmon, Serbiyaning esa janubi-g’arbiy qismida islomga e’tiqod qiluvchilar katta sonni tashkil etadi.

Din ahli kechagi xuruj va umuman radikalizm va vahobiylikni qoralab keladi.