Olimpiya o'yinlarining Braziliyada o'tkazilishi savol ostida

  • Amerika Ovozi

Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti Rio-de-Janeyroda bo’ladigan Olimpiya o’yinlari sog’liq uchun qanchalik tahdid solishi mumkinligini o’rganib chiqmoqda. Gap shundaki, Braziliya nogiron chaqaloqlar tug’ilishiga sabab bo’luvchi Zika virusi tarqalgan mamlakatlardan.

Tashkilot rahbari Margaret Channing aytishicha, ayni paytda Zika bo’yicha favqulodda qo’mitaga masalani o’rganish vazifasi topshirilgan. Shu yil avgustda bo’ladigan musobaqaga 200 davlatdan 10 ming sportchi va 500 ming tomoshabin kelishi kutilmoqda.

Changa ko’ra, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti AQSh senatori Jin Shaxin iltimosi asosida tekshiruvni boshlagan.

“Sahoyat tibbiyoti, mavsumiy va chivinlar orqali yuqadigan kasallliklar bo’yicha malakali mutaxassislar tez orada uchrashib, masalani muhokama qiladi”, - deb yozadi Chan senatorga yuborgan javob maktubida.

Tahlil natijasi chiqishi bilan internetga qo’yilishi aytilgan.

O’tgan hafta e’lon qilingan yangi hisobotda yozilishicha, Zika virusi dunyo bo’ylab tarqalishda davom etmoqda. Shu yili 60 dan ortiq mamlakatda bu kasallik aniqlangan. Bu o’tgan yilga qaraganda ikki barobar ko’p.

Tashkilot shu paytgacha Braziliyaga vaziyatni o’rganish uchun to’rt marta mutaxassislarini yubordi. Masala yuzasidan bosh idorada har uch oyda favqulodda uchrashuv o’tkazish belgilangan. So’nggi yig’in 8-martda o’tkazilgan edi.

2015-yildan beri ikki million braziliyalik Zika virusini yuqtirgan. Virus Lotin Amerikasining boshqa davlatlariga ham tez tarqalmoqda. Ushbu kasallikka chalingan onalardan miyasi kichik bolalar tug’ilishi aniqlangan.