Birmada islomiy maktab yonib, 13 bola o'ldi

  • Amerika Ovozi

Rangunda olov olgan masjid va maktab, Birma, 2-aprel, 2013-yil

Birma politsiyasiga ko’ra, Rangundagi islomiy maktabda yong’in yuzaga kelib, 13 ta bola o’lgan. Politsiya yong’in transformatorning qizib ketishidan sodir bo’lganini aytmoqda.

Ammo g’azablangan musulmonlar sinchkovlik bilan tergov qilishni talab qilmoqda. Ular politsiya ko’rsatgan sabablarga ishonmasligini aytmoqda. Maktabni xavfsizlik kuchlari qurshab olgan.

Politsiya jurnalistlarga murojaat qilib, voqeani bo’rttirmaslikni, ehtiyotsizlik yuzasidan sodir bo’lgan holatni etnik to’qnashuvlarga bog’lamaslikni so’ramoqda.

Ma’lumki, o’tgan oy Mextila shahrida musulmonlar va buddistlar to’qnashib, bir necha masjid va musulmonlarga qarashli mulk vayron qilingan edi. Mojaro so’ng boshqa shaharlarga ham tarqalib, zo’ravonliklarda 43 odam o’lgan. Rangun to’qnashuvlardan xoli bo’lganiga qaramay shaharda vaziyat ancha tarang.

Yong’inga uchragan maktabda 70 ta yetim bola bo’lgani aytiladi. Musulmonlar nazarida madrasaga kimdir ataylab o’t qo’ygan.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1633076&w=640&h=506&skin=embeded