Sog’liqni saqlash bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot 2015-yilgacha 250 million bolani xavfli virusdan emlashni rejalamoqda. Shu tariqa to’rt million bolaning hayotini asrash mumkin, deyiladi Vaksina va immunizatsiya global alyansi bayonotida.
Vaksina va immunizatsiya xalqaro alyansi shifobaxsh dori-darmonlarni millionlab bolalarga yetkazadi. Tobora ko’proq davlatlarda yangi vaksinalar paydo bo’lmoqda. O’lim hollari kamayib, aholi salomatligi yaxshilanib borayapti.
Zotiljam (pnevmoniya) va ich ketish (diarreya) jahonda bolalarni hayotdan olib ketayotgan ikki mudhish xastaliklardan. Ularning oldini oluvchi vaksinalarning narxi keskin pasayib, rivojlanayotgan davlatlar bugun bu dorilarni sotib olishga qurbi yetadi.
Alyans 2001-yilda pentavalent vaksinasini chiqarib, 2014-yilgacha 73 davlatni qamrashni rejalagan edi. Bu vosita bo’g’ma kasallik (difteriya), ko’kyo’tal (koklyush), qoqshol (stolbnyak), gepatit, zotiljam (pnevmoniya) va meningit kabi xastaliklardan himoya qiladi.
Vaksina va immunizatsiya xalqaro tashkiloti rasmiysi Set Berkli so’zlariga ko’ra, vaksina kambag’al davlatlarda kelasi ikki yilda bolalar orasida o’lim hollarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Mutaxassisning aytishicha, yo’qsil va boy davlatlar orasida emlanish ko’rsatkichida farq tobora kamayib borayapti. Keniyada, masalan, zotiljam bilan og’rish hollari oxirgi uch yilda 38 dan nolga tushgan. Orqa miya yallig’lanishi, ya’ni meningitga qarshi ham ayni natijalarga erishilgan.
Shunga qaramasdan, deydi doktor Berkli, qator davlatlarda 22 million bola hanuz bo’g’ma kasallik, qoqshol va ko’kyo’talga qarshi emlanmagan. Hindiston, Nigeriya va Efiopiya ana shular jumlasidan.
Bu mamlakatlarda dori-darmon ta’minotini, kasallarni aniqlash tizimini, emlash jarayonini yaxshilash zarur.
“Har bir davlatga bir xil mexanizm qo’llash o’rniga biz alohida davlatlarga alohida yondashamiz. Afg’onistonda, deylik, vaksinani nodavlat tashkilotlari tarqatadi. Malida yaqinda qurolli mojarolarga qaramasdan dori-darmonni vaqtida yetkazib turdik”, - deydi xalqaro mutaxassis.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti har bir bola 11 turdagi vaksinani olish imkoniga ega bo’lishi kerak, deydi. Vaksina va immunizatsiya global alyansiga ko’ra, salkam bir yarim yilda 250 million bolani emlash uchun 7,6 milliard dollar mablag’ kerak bo’ladi.
Your browser doesn’t support HTML5