AQSh Xitoy boshchiligida ta’sis etilgan yangi moliyaviy tizim- Osiyo infratuzilma va sarmoya banki yuzasidan xavotir bildirgan, ammo ammo ayrim ekspertlar nazarida Vashington qarshi chiqmay unga qo’shilishi kerak.
Your browser doesn’t support HTML5
Xitoy va 20 davlat birgalikda Osiyo infratuzilma va sarmoya bankiga (OISB) asos soldi. Ammo ba’zi mamlakatlar, xususan Qo’shma Shtatlar tanqidi shuki, bank boshqaruv va shaffoflik masalasida xalqaro talablarga javob bera olmasligi mumkin.
“Biz bu borada Xitoy va mintaqadagi boshqa davlatlarga aytdik”,- deydi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Jen Psaki.
Yangi bank Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlariga muqobil struktura sifatida ko’rilmoqda.
Stimson tadqiqotlar markazida Janubi-sharqiy Osiyo dasturi rahbari Richard Kronin fikricha, Vashington bankning tuzilishiga qarshi chiqib xato qilyapti.
“Bank xavfsizligi va hisobdorligi, albatta, muhim masalalar, ammo hozirgi vaziyatga ham e’tibor berish zarur. Bankka asos solinib bo’ldi, AQSh xavotir bildirsa bo’ladi, ammo bankka qarshi chiqish xalqaro sahnada tashlangan to’g’ri qadam emas,” - deydi u.
AQSh yangi bankni salbiy baholagan yagona davlat emas. Avstraliya Bosh vaziri Toni Abbot fikricha ham bu bank Jahon banki kabi shaffof bo’lishini ta’minlash zarur. Aks holda Avstraliya unga qo’shilmaydi. Janubiy Koreya rahbariyati ham bankka kirishga shoshmayapti.
Tahlilchi Kronin deydiki, boshqaruv masalasidan tashqari geosiyosat katta rol o’ynamoqda. Aynan shu sababdan AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya kabi davlatlar undan o’zini uzoqda tutmoqda.
AQSh va uning hamkorlari yillar davomida Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki kabi institutlarga mablag’ ajratish orqali katta ta’sir o’tkazadi. Xitoy va rivojlanayotgan davlatlar G’arb nazorati ostida bo’lgan tizimlarda yetarlicha qudratga ega emasligidan shikoyat qilib keladi.
Brukings tadqiqotlar institutidan tahlilchi Kennet Libertal AQSh yangi bankka qo’shilishi kerak, deb hisoblaydi.
“Qo’shilish va uzviy qismiga aylanish lozim va bu bilan AQSh Xitoyga ayrim sohalarda kattaroq rol o’ynashiga qarshi emasligini namoyish qiladi. Mezonlar va qonun-qoidalarga javob berishni ta’minlash uchungina ham qo’shilish kerak. Shunda AQSh xalqaro tizimning samarali ishlashini kafolatlaydi”, - deydi Libertal.