Xitoy: G'arb Suriyada fuqaro urushiga sabab bo'lishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Xitoy: G'arb Suriyada fuqaro urushiga sabab bo'lishi mumkin

Xitoy matbuotiga ko'ra, G'arbning Suriya muxolifatiga yordami fuqarolik urushiga yetaklashi mumkin. Urush boshlansa esa Suriyaga chetdan qo'shin kiritishga to'g'ri keladi.

BMT Xavfsizlik Kengashida so'nggi marta ko'rilgan rezolyutsiya loyihasi ana shunday oqibatlarga olib kelishi mumkin edi, deyiladi Xitoy matbuotida.

Ma'lumki, Xitoy va Rossiya loyihaga veto qo'ygan edi.

Xitoy matbuotida yozilishicha, rasmiy Pekin Suriyadagi mojaro bilan Arab Ligasi shug'ullanishini istaydi hamda hukumat va muxolifatdan zo'ravonlikni bas qilib, siyosiy muloqotni boshlashni so'raydi.