Qohirada xavfsizlik kuchlari o’tgan oydan beri namoyish qilayotgan odamlarni tarqatar ekan, tomonlar to’qnashib, bir necha odam halok bo’lgan. Namoyishchilar hokimiyatdan chetlatilgan prezident Muhammad Mursiyning tarafdorlari bo’lib, uni lavozimida tiklashni talab qilib kelayotgan edi. Misrda favqulodda holat e’lon qilingan.
So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, poytaxtda 56 odam o’lgan, 526 kishi jarohat olgan. Mursiy tarafdorlari qurbonlar soni 250 ta atrofida ekanini aytmoqda. Davlat matbuotiga ko’ra, ikki politsiyachi pichoqlangan.
Qohiradagi Amerika universiteti professori Odil Abdul G’afforning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, matbuotdan hozir haqiqatni bilish juda qiyin.
"Tvitterda ham hamma tarafkashlik qilmoqda, shunga qancha odam o’lganini aytib bo’lmaydi", - deydi olim.
Politsiya buldozer va bronetransportyorlar yordamida namoyishchilar o’tirgan ikki joyda ko’zni yoshlantiruvchi gaz qo’llagan. Qariyb 200 kishi hibsga olingani ma’lum.
Politsiya Qohira universiteti yonidagi Nahda maydonidan namoyishchilarni haydagandan so’ng, harbiylar atrofni to’sib qo’ygan. Qohira bilan temir yo’l aloqasi vaqtincha to’xtatilgan.
Namoyishchilardan biri Laylo Mustafoning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, operatsiya erta tongda boshlangan.
"Ba’zi joylarda tomlarda snayperlarni ko’rish mumkin edi", - deydi u.
Kecha yuzlab Mursiy tarafdorlari bir necha vazirlikka yurish qilib, yo’lda Mursiyning chetlatilganini qo’llab-quvvatlagan odamlar bilan to’qnashgan. Politsiya ularni ajratishga harakat qildi.
Muvaqqat hukumat namoyishlarga bosh bo’lgan “Musulmon birodarlar” harakatini yangi hukumatga qo’shilib, saylovlarga tayyorgarlikda qatnashishni so’ragan edi. Biroq guruh bu Misrning ilk bor demokratik ravishda saylangan prezidentiga qarshi harbiy to’ntarishning qonuniyligini tan olishni anglatadi, deya taklifni rad etgan.
Professor G’afforning aytishicha, namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilgani “Musulmon birodarlar”ga qo’l kelib, muvaqqat hukumatga qarshi kayfiyatni kuchaytirishi mumkin.
Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyb Erdog'an namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilganini tanqid qilib, BMT Xavfsizlik Kengashi va Arab Ligasini "qatliom"ni to'xtatishga chaqirdi.
Eron ham voqeani qatliom deb atadi. Fors axborot agentligi tarqatgan xabarda aytilishicha, Misr siyosatini o'zgartirmas ekan, Isroil va yana ba'zi mamlakatlar Misrda xalq inqilobiga bolta uradi.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun so'zlovchisiga ko'ra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti zo'ravonliklari qattiq qoralaydi.
Yevropa Ittifoqi matbuot kotibi Peter Stano Qohiradan kelayotgan xabarlarni tashvishga molik deb, zo'ravonlik bilan muammoni yechib bo'lmaydi, dedi.
Mursiy uy qamog’ida saqlanar ekan, sud uni yana 15 kunga qoldirishga qaror qildi. Prezident Falastinning XAMAS guruhi bilan hamkorlik qilganlikda ayblanmoqda.
Bu o’rtada muvaqqat hukumat konstitutsiyani yangilab, kelasi yil boshida saylovlar o’tkazmoqchi.
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1727949&w=640&h=506&skin=embeded