Rossiyaning yo'lovchi samolyoti Misrda halokatga uchrab, 224 kishi halok bo'lgan. Sharm al-Shayx dam olish maskanidan havoga ko'tarilganidan ko'p o'tmay layner tog'li rayonda qulagan. Fojia sabablari hozircha noma'lum.
Yo'lovchilarning deyarli barchasi rossiyalik sayyohlar, ular orasida 17 bola ham bor edi. Aerobus-321 Sinay yarimorolidan Sankt-Peterburg yo'nalishida uchayotgan bo'lgan. Misr rasmiylari hech kim omon qolmaganini tasdiqlamoqda.
Qutqaruvchi voqea joyida samolyot qoldiqlari va jasadlarni topishdi. Ayrim xabarlarga qaraganda, pilotlar radio orqali eng yaqin aeroportga qo'nishni so'ragan, so'ngra aloqa uzilgan.
"Islomiy davlat" jangari guruhining Misrdagi sheriklari aerobusni urib tushirdik, deya da'vo qilmoqda. Rossiya Transport vaziri Maksim Sokov buni rad etib deydiki, Sinaydagi jangarilar 9000 metr balandlikda uchayotgan samolyotni urib tushiradigan raketaga ega emas.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o'lganlar xotirasiga motam e'lon qildi. Mahalliy matbuotga ko'ra, aviakompaniyaga qarshi jinoiy ish qo'zg'atilgan.