NATO Liviya bobida ikkiga bo’lingan

  • Amerika Ovozi

NATO Liviya uzra parvozlarni man qilish operatsiyasini qo'lga oladimi?

Liviyada 42 yillik rahbar Muammar Qaddafiy boshchiligidagi kuchlar va ular nazorai ostidagi inshootlar xalqaro koalitsiya tomonidan bombardimon qilinar ekan, Yevropa ikkiga bo’lingan.

28 davlat a’zo NATO bugun Bryusselda yig’ilib, vaziyatni muhokama qilgan.

Havo hujumlarini AQSh, Britaniya va Fransiya amalga oshirayapti.

Turkiya Bosh vaziri Rajap Toyib Erdog’an fikricha bu operatsiya Liviyani ishg’ol etish amaliyotiga aylanmasligi kerak.

“Liviya taqdiri bu xalqning o'z qolida”, - deydi u.

NATOning yana bir a’zosi Germaniya bu ishlarda umuman qatnashmoqchi emas.

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin havo hujumlarini qoralab, bu say-harakatlarni o’rta asrdagi salib yurishlariga qiyosladi.