Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi AQShning "Freedom House", ya’ni “Ozodlik uyi” tashkiloti so’nggi bir yilda jahon bo’ylab matbuot erkinligi bilan bog'liq ahvolni o’rganib, yillik hisobotini chop etdi. Xulosa shuki, matbuot erkinligi to’liq ta’minlangan mamlakatlar soni so’nggi 10 yilda eng quyi nuqtaga yetgan.
Bunga, deyiladi hisobotda, ayrim omillar sabab. Masalan, Malida tinchlikning izdan chiqishi, Gretsiyada iqtisodiy beqarorlik, Lotin Amerikasida davlat nazoratining kuchayishi, Misrda siyosiy ziddiyatlar.
Ayrim mamlakatlarda mustaqil jurnalistlar va bloggerlarga nisbatan bosimning oshgani, moliyaviy tanazzul oqibatida bosma matbuot yuzlashgan qiyinchiliklar, radikal islomiy guruhlar va uyushgan jinoiy to’dalar jurnalistlarga solayotgan tahdidlar ham matbuot erkinligiga salbiy ta’sir ko’rsatgan.
Mustaqil jurnalistikani himoya qilishimiz lozim, deydi “Ozodlik uyi” prezidenti Deyvid Kreymer.
Tashkilot har bir mamlakatdagi ahvolni o’rganib, matbuot erkinligi darajasiga qarab ularni maxsus jadvalda joylashtiradi. Jadval “erkin”, “qisman erkin”, “erkin emas” va “yomonlarning yomoni” kategoriyalarini o’z ichiga oladi. So’nggisiga oz sonli davlatlar kirib, O’zbekiston bir necha yildan beri “yomonlarning yomoni” deya tanqid qilib kelinadi.
Bunday davlatlarda mustaqil matbuot umuman yo’q yoki deyarli faoliyat yuritmaydi, ommaviy axborot vositalari odatda hukumat jarchilari vazifasini bajaradi, fuqarolarning xolis axborot olishi cheklangan, rejim tanqidchilari qamaladi, qiynoqqa solinadi yoki boshqacha shaklda qatag’on qilinadi.
Hisobotga ko’ra, Ekvador, Misr, Gvineya-Bisau, Paragvay va Tailandda ahvol ayniqsa yomonlashgan. Ular “qisman erkin” kategoriyasidan “erkin emas” darajasiga tushgan. Qozog’iston shular jumlasidan.
Shunga qaramay, Tunis va Liviya 2011-yil inqiloblarida erishilgan yutuqlarni boy bergani yo’q. Birma, Kavkaz va G’arbiy Afrikada ijobiy o’zgarishlar kuzatilgan.
Rossiya va Xitoy kabi 2011-yilda jadvalda erkin bo’lmagan davlatlarda, “Ozodlik uyi” ta’biricha, o’tgan yili ham olg’a siljish qayd etilmagan. Hukumatlar matbuotni iskanjaga qattiq olib, tuzum tanqidchilari hibsga olingan, qamoqqa tashlangan, sud qilingan, ayrim ommaviy axborot vositalari kuchli senzuraga uchragan yoki yopilgan.
Hisobot 197 mamlakat va hududdagi ahvolni o’z ichiga olgan. Shulardan 63 tasi yoki 32 foizi “erkin”, 70 tasi yoki 36 foizi “qisman erkin” va 64 tasi yoki 32 foizi “erkin emas” deb topilgan. Sakkiz davlat, jumladan, O’zbekiston jadvalning eng quyi pog’onasidan o’rin olgan.
O’tgan yili Ozarbayjonda mustaqil matbuot faoliyati uchun sharoit yomonlashgani e’tirof etilsa, qo’shni Armanistonda ahvol bir oz yaxshilangan. “Ozodlik uyi” hisobotida Turkiyada ko’p jurnalistlarning qamalgani xavotir bilan tilga olinadi.