AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts bugun Moskvada prezident Dmitriy Medvedev bilan uchrashmoqda. Liviyadagi vaziyat muhokamada.
Geyts Rossiya Mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukov bilan ham bu borada gaplashgan. Serdyukov Liviyada AQSh yetakchiligidagi havo hujumlarini tanqid qilib, buning natijasida tinch aholi qurbon bo'layotganiga ishora qilgan.
Robert Geytsning aytishicha, qurbonlar haqidagi xabarlarni Muammar Qaddafiy hukumati tarqatmoqda va ularning barchasi yolg'on. Xalqaro kuchlar Liviyani bombardimon qilishda tinch aholi orasida talofatlarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilmoqda, deydi Robert Geyts.
AQSh mudofaa vaziri Moskvadagi uchrashuvlari chog'ida Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o'rnatish rejasi borasida ham gaplashadi.
Robert Geytsning aytishicha, qurbonlar haqidagi xabarlarni Muammar Qaddafiy hukumati tarqatmoqda va ularning barchasi yolg'on.